NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Rektor_tabrigi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirovning 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli talabalar, qadrli yoshlar!


Bugun yurtimizda katta shodiyona va xursandchilik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi hamda Siz yoshlarning bayramingiz – 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanmoqda.

Avvalambor, Sizlarni, sizlar orqali barcha talaba–yoshlarni ushbu bayram bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Batafsil:👉https://nspi.uz/?p=27399

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥Tibbiyot fakultetiga 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirokida “Talabalar qasamyodi” boʻlib oʻtdi

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDAGI PROFILAKTIK UCHRASHUV TIBBIYOT FAKULTETIDA OLIB BORILDI

⚡️“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov fakultet professor-oʻqituvchilari va tyutorlar bilan profilaktik va targ’ibot uchrashuvini o‘tkazdi.

✅Unda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar, maslahatlar berildi.

Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv soʻnggida har bir ishtirokchidan kafolat xati olindi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
MILLATLARARO MUNOSABATDA ADABIYOT OLTIN KO‘PRIKDIR

Adib Maqsud Shayxzodaning ijodi va faoliyati yuzasidan Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda viloyat “Tafakkur” targ‘ibot markazi hamkorligida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida yoshlarga adibning qardosh xalqlar o‘rtasidagi oʻzaro munosabatlari, madaniy-ma’naviy hamkorligi yo‘lida adabiy oltin ko‘prik ekanligi haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda viloyat “Tafakkur” targ‘ibot markazi rahbari J.Shuhratov tomonidan institutning O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari uchun Chingiz Aytmatov va Tog‘ay Murodning asarlari yuzasidan mantiqiy savol-javob tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov 2023-yil 10-dekabr kuni institut bosh binosida bo‘lib o‘tadi.


™️:@NavDPI_Rasmiy
Bayrog‘imiz — faxrimiz

🇺🇿18-noyabr —“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari bilan “Bayrog‘imiz - faxrimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan davlatchiligimiz tarixi va unda bayroqning ahamiyati, “Davlat ramzlari to‘g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, bayrog’imizga hurmat mavzularida fikr-mulohazalar tinglandi.

“Davlat bayrog’i 32 yoshda!” nomli slaydlar namoyishi tadbirga yanada shukuh baxsh etdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
⚡️Birozdan so‘ng Navoiy davlat pedagogika institutida “Bitiruvchilar forumi” bo‘lib o‘tadi.

Unda Navoiy viloyat hokimligi mutasaddilari, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari va hamkor tashkilotlardan vakillar hamda bitiruvchilar ishtirok etadi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti faollar zalida “Bitiruvchilar forumi” boshlandi.

Tadbir avvalida institutda maʼnaviy-maʼrifiy, oʻquv-uslubiy, ilmiy va innovatsion yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarni hamda NavDPI rektorining bitiruvchilarga yoʻllagan tadbirigi oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov oʻqib eshittirmoqda.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy