NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Xalqaro_anjuman

BOSHLANG’ICH TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHNING GLOBAL MASALALARI: MUAMMO, TADQIQOT


🏛Navoiy davlat pedagogika institutida Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti tashabbusi bilan “Boshlangʻich taʼlimni rivojlantirishning global masalalari: muammo, tadqiqot” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Anjumanda respublikamiz hamda Xorijiy mamlakatlar, jumladan, Yaponiya, Koreya, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi davlatlarning yetakchi universitetlari olimlari ishtirok etdi.

Konferensiyani NavDPI rektori, professor Bahodir Sobirov boshlab, anjumanning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, Boshlangʻich taʻlimda tabiiy fanlarni oʻqitish masalalari, Yaponiyada boshlangʻich taʻlim tizimi, “Ценностные основы традиционного воспитания номадов”, “The role of programming in the modern world” va shu kabi 20 dan ziyod turli mavzularda ilmiy nazariyalar, qarashlar muhokama etildi.

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
❤1
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA PROFILAKTIK UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

⚡️“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov Tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va ishchi-xodimlar ishtirokida profilaktik va targ’ibot uchrashuvi o‘tkazdi.

Unda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar, maslahatlar berildi

Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir ishtirokchilaridan kafolat xatlari olindi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutida “Yil talabasi-2023” koʻrik tanlovining institut bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Dastlab ishtirokchilarga mazkur tanlovning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor X.Qurbonov maʼlumot taqdim etdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️Joriy yilgi tanlov “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, “Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalarida tashkil etilayapti.

Tanlovning asosiy maqsadi talabalarni oliy ta’lim muassasasida o‘qish jarayonida olgan bilim va erishgan yutuqlarini xolisona baholash, iqtidorli yoshlarini aniqlash, talabalik nufuzini oshirish kabi vazifalardan iborat.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy