NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
TALABALAR SAMARQAND BO‘YLAB ZIYORAT QILISHDI

Ingliz tili va adabiyoti fakultetining 50 nafar faol talaba-yoshlari Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari F.R. Muxidov boshchiligida Samarqand shahriga sayohat qildilar.

Talabalar Ulug'bek rasadxonasi, Go'ri Amir, Registon va boshqa shu kabi ziyoratgohlarda bo'lishdi hamda "Samarqand siti" va "Famile park" ko'ngilochar maskanlarida aylanishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NAVOIYDA “NODIRAI DAVRONLAR” ko‘rik-tanlovi

Xotin-qizlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy yetakchilik qobiliyatini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi “Ayollar qanoti”, “Qizlarjon” klubi hamda “Qizlar ovozi” klubi hamkorligida “Nodirai davronlar” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat saralash bosqichi o‘tkazildi

Unda NavDPI O'zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Bahronova Iroda Otabek qizi ham faol ishtirok etib, 1-o'rinni egalladi hamda tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🟣 🟣 🟣 🟣 🟣 🟣 🟣 🟣 🟣
International Journal Of Scientific Researchs Xalqaro jurnali

📌Nomdor stipendiya uchun , Yil talabasi va yana bir qancha tanlovlarga hujjat topshiruvchilar , Magistrlar , talabalar , doktarantlar , ilmiy izlanuvchilar uchun hamyonbop ✅ jurnal.

🌐Jurnal sayti : https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR/

📊Index:
✔️Google scholar
✔️Research gate
✔️Zenodo
✔️Advented science index
✔️Open Aire

✅Har bir muallifga

📃 sertifikat
📄Maʼlumotnoma

Taqdim etiladi .

🎓Admin:@Nazarova_Kamuna
✅Kanal:@ilmiyjurnallarrr
👍1
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Камол Мухаммадиёрович)
DIQQAT TANLOV!!!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi PF-72-son farmoyishi l-ilovasi bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish ularni o'tkazish dasturi”ning 38-bandiga binoan

Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan faol, bilimdon yoshlar uchun “Yangi Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi” mavzusidagi ilmiy maqolalar tanloviga start berildi.

📥 Tanlov uchun maqolalar 2023-yilning 2-dekabr kuniga qadar quyidagi 👇
+99899-123-71-15 (telegram) manzili orqali qabul qilinadi.

Tanlov g`oliblari 4-dekabr kuni institut asosiy binoda o'tkaziladi.

Tanlovda faol ishtirok etib, 1,2,3-oʻrinni egallagan gʻolib va sovrindorlar mos ravishda Institut tarafidan taqdirlanadilar hamda rektorning darajali diplomlarini qo'lga kiritadilar.
#yosh_kitobxon

“Yosh kitobxon” tanlovining Navoiy viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

Quvonarlisi shundaki, g‘oliblar safida 15 — 19 yosh bo‘yicha Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Fayzullayeva E’zoza Abdulla qizi ham bor. Talabamiz bu bosqichda tendoshlarini ortda qoldirib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Keyingi bosqichda talabamizga muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BOSHLANG’ICH TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHNING GLOBAL MASALALARI: MUAMMO, TADQIQOT

Navoiy davlat pedagogika institutida Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti tashabbusi bilan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Anjumanda respublikamiz hamda Xorijiy mamlakatlar, jumladan, Turkiya, Yaponiya, Koreya, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston kabi davlatlarning yetakchi universitetlari olimlari ishtirok etdi.
———
ГЛОБАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ПРОБЛЕМА, ИССЛЕДОВАНИЕ

В Навоийском государственном педагогическом институте по инициативе факультета дошкольного и начального образования прошла международная научная конференция.
———
GLOBAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION DEVELOPMENT: PROBLEM, RESEARCH

In Navoi state pedagogical institute on the initiative of the Faculty of Preschool and Primary Education held an international conference.

🇺🇿 https://nspi.uz/?p=27539
🇷🇺https://nspi.uz/?p=27548&lang=ru
🇬🇧https://nspi.uz/?p=27550&lang=en

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy
YANGI OʻZBEKISTON KONSTITUTSIYASI — INSON HUQUQLARINING KAFOLATI

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida Tarix fakulteti tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi va Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasining 75 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston konstitutsiyasi — inson huquqlarining kafolati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Jarayonda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Navoiy viloyati mintaqaviy vakili Sh.Jurayev, Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari M.Avazov, F.Omonqulovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlatchiligimiz tarixidagi tutgan oʻrni”, “Konstitutsiyaning yaratilishi tarixi”, “Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari” va boshqa mavzularda maʼlumotlar berildi.

Tadbirda fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va talabalar qatnashdilar.

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy
Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

🔰NavDPI akademik litseyida “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “O”z hayotingni o‘zing asra!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Navoiy viloyat OITS markazi mutaxassislari Y.B.Rahimova hamda G.I. Eshpo'latovalar taklif etildi.

Mutaxassislar OITS haqida o'quvchilarga tushuncha berib, kasallik vaqt, yosh, zamon va makon tanlamasligi, bugungi kunning dolzarb muammosiga aylanib ulgurgan kasallik simptomlari va ularni oldini olish uchun ko'riladigan chora-tadbirlar haqida gapirdi va o'z tarqatma materiallarini o'quvchilarga taqdim etdi.

Litseyning tabiiy fanlar yo'nalishi 4-23 guruhi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan chiqishlar, sahna ko'rinishlari, kuy-qo'shiq va raqslar namoyish etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
MNEMONIKA — ESLAB QOLISH SAN'ATI

Mnemonika — eslab qolish san’ati. Sun’iy assotsiatsiyalar hosil qilish yo‘li bilan esda qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. Bunda biz so‘zlarni eslab qolish uchun ularni bosh harflarini birlashtirib, so‘z yasab uddalay olishimiz mumkin.

Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi D.Abduraimova tomonidan fakultetlarda, talabalar turar joylarida “Mnemonika” bo‘yicha seminar-treninglar olib borildi.

Jarayonlarda talaba-yoshlar bilan sogʼlom fikrlash, o'zaro munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, oʼziga boʼlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini aniqlash, shaxsiy qiziqish va qobiliyatlarini namoyish etishga qaratilgan qiziqarli treninglar o‘tkazildi.

™️: NavDPI_Rasmiy