NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Talabalar_haftaligi

⚡️Navoiy shahridagi “Yoshlik ko‘li” atrofida “Art day” loyihasining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Art Day” loyihasida ijodkor talaba-yoshlarning shaxsiy ijodiy ishlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda 🥇1-o‘rinni San’atshunoslik fakultetining 1-bosqich talabasi Diyorbek Mamanazarov, 🥈2-o‘rinni Maktabgacha va boshlang’ish ta’lim fakultetining 1-bosqich talabasi Sevinch Eshmurodova hamda 🥉3-o‘rinni San’atshunoslik fakultetining 2-bosqich talabasi Og’abek Muzaffarov egalladi.

💰Tanlov g’oliblari esdalik sovg’alari hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#yengillik #chegirma

⚡️Talaba-o‘quvchilar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi


“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba-o‘quvchilari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptani 50% chegirma bilan hoziroq aviakompaniya agentlari va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.
_______

Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся

В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 23 декабря 2023 года по 7 января 2024 года.

Приобрести авиабилет с 50% скидкой можно уже сейчас у агентов авиакомпании и в филиале Uzbekistan Airways Sales, который теперь расположен по адресу: город Ташкент, Яккасарайский район, улица Шота Руставели, дом 9.

Подробная информация на сайте www.uzairways.com.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Talabalar_haftaligi
#teatr

“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining institut bosqichi boʻlib oʻtdi

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qobiliyatlarini toʻla namoyon ettirish, ularni madaniy-maʼrifiy tadbirlarga jalb qilish maqsadida o‘tkazilayotgan "Talabalar teatr studiyasi" ning 1-tur bosqichi start oldi.

Tanlovning institut bosqichida Fizika-texnologik ta‘lim fakulteti jamoasining "Vatan qadri", Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakulteti jamoasining "Zumrad va Qimmat", Tibbiyot fakulteti jamoasining "Jaydari kelin" va Tabiiy fanlar fakulteti jamoasining "Bemehr og‘il" nomli spektakllari namoyish etildi.

Maʼlumot uchun, fakultetlar tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar ertaga ham davom etadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from NavDPI_rasmiy
#Diqqat #Tanlov

Hurmatli kuzatuvchilar, professor-o‘qituvchilar va qadrli talaba-yoshlar!

🎗Navoiy davlat pedagogika institutida “Yilning eng faol va tashabbuskor fakultet dekani-2023” ko‘rik tanloviga start berilganini ma’lum qilamiz.

2023-oʻquv yili davomida har jabhada faol va tashabbuskor fakultet dekanini aniqlashda ishtirok eting hamda munosib deb bilgan nomzodingizni qoʻllab-quvvatlang.

So‘rovnoma 10-dekabr soat 23:59 gacha davom etadi.

G’oliblar statuetka, diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

™️@NavDPI_Rasmiy
#Talabalar_haftaligi
#Shashlik_day

INSTITUTDA PAZANDALIK TANLOVI: “SHASHLIK DAY” OʻTKAZILDI


🏛Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli tanlov, tadbirlar orqali yangi-yangi qobiliyatlarni kashf qilish hamda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish an’anaga aylangan.

“Talabalar haftaligi-2023” loyihasi doirasida institutning 1-sonli talabalar turar joyida “shashlik day” pazandalik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda 11 ta fakultetdan talaba oshpazlar six kabobning turli ko‘rinishlarini tayyorlashdi hamda hakamlar tomonidan baholanib, eng mazzalisi aniqlandi. 🥇-o’ringa Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti munosib ko‘rildi. 🥈-o‘ringa O‘zbek tili va adabiyoti hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 🥉-o‘ringa esa Matematika-informatika fakulteti munosib dep topildi.

Ishtirokchilar “talabalar haftaligi” yakunida tantanali taqdirlanadilar.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍2