NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Talabalar_haftaligi

Harbiy vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti binosida “Talabalar haftaligi - 2023” loyihasi doirasida vatanparvarlik gʻoyalari targʻiboti asosida Vatan himoyachilari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida tadbir boʻlib oʻtdi.

Milliy armiyamizdagi islohotlar, harbiylarning hayoti va mashaqqatli faoliyatiga oid ma’lumotlar talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Bu kabi tadbirlar “Xalq va armiya — bir tan-u bir jon” shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlarga yana bir amaliy isbot boʻladi. Qolaversa, mazkur namoyish yoshlarda yurtni sevish va qoʻriqlash, xalq farovonligiga befarq boʻlmaslik, matonat va jasorat tuygʻularini oshirishga xizmat qildi.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
#Talabalar_haftaligi

Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida NavDPI fakultetlararo “Zukko kitobxon” intellektual oʻyini o‘tkazildi

Ushbu tanlovda barcha fakultetlardan jamoalar ishtirok etishdi. Murosasiz kechgan bellashuv natijalariga koʻra jamoalar quyidagicha oʻrinlarni egallashdi:

🥇37.5 ball bilan Tibbiyot fakultetining “Gippokrat” jamoasi 1-oʻrinni;
🥈33 ball bilan Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining “Koʻhinur” jamoasi 2-oʻrinni;
🥉3-oʻrinni esa 29.5 ball bilan Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Albion” jamoasi egalladi.

Gʻolib boʻlgan jamoalar 11-dekabr kuni “Talabalar haftaligi”ning yakunida tantanali taqdirlanadi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling


👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Xushxabar

Navoiy davlat pedagogika institutining 14 nafar talabalari Prezident va Nomdor davlat stipendiyalari sovrindorlari boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori:

👩‍🎓Namozova Nilufar Tuxtamurodovna — Fizika-texnologik ta’lim fakulteti 4-bosqich talabasi.

Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari:

👩‍🎓Omonova Sevinch Zarif qizi — Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi;
👩‍🎓Oʻktamova Ruxsora Kamtar qizi — Matematika-informatika fakulteti 4-bosqich talabasi;
👩‍🎓Sayfiyeva Bogʻdagul Umirjon qizi — Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi;
👩‍🎓Sultanova Diana Baxodir qizi — Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi;
👩‍🎓Oʻrinova Oysha Dilmurod qizi — Fizika-texnologik ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi;
👩‍🎓Raxmatova Parizoda Nusrat qizi — Rus va qozoq filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi;
👩‍🎓Xoʻjamova Dilnoza Sanaqul qizi — Matematika-informatika fakulteti 4-bosqich talabasi;
👩‍🎓Sayfullayeva Fotima Baxodir qizi — Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi;
👩‍🎓Jumaqulov Kamron Shuhrat oʻgʻli — Matematika-informatika fakulteti 4-bosqich talabasi;
👩‍🎓Bahronova Iroda Otabek qizi — Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi.

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori:

👩‍🎓Hamidova Sarvinoz Ochil qizi — Fizika-texnologik ta’lim fakulteti 4-bosqich talabasi.

Bobur nomli davlat stipendiyasi sovrindori:


Amonboyeva Fariza Yeraliyevna — Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi;

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sovrindori:

👨‍🎓Rayimov Shaxzod Alikulovich — Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi.

💐Sovrindor bo‘lgan talabalarimizni tabriklab, kelgusi o'qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👏3
#LIVE
#Talabalar_haftaligi
#CyberGame

⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida Kibersport boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
#fotoreportaj

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Anjuman

“BOSHLANG’ICH TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VA NUTQIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING
ZAMONAVIY HOLATI VA ISTIQBOLLARI” MAVZUIDA ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-
yil 27-apreldagi 39-sonli bayoni hamda Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-maydagi “2023-yilda
o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 118-sonli
buyrug‘iga asosan, NavDPI Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetining respublika miqyosidagi navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi.

Anjumanda institut professor-o‘qituvchi olimlari, talabalari, magistrant va doktorantlar, shuningdek Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari Oliy ta’lim muassasalarining ilm ahllari ishtirok etdi.

Anjuman “Boshlang‘ich ta’limda istiqbolli raqamli texnologiyalar”, “Boshlang‘ich ta’limda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari” kabi yo‘nalishlarda olib borildi.

™️: @NavDPI_Rasmiy