NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#LIVE

Kibersport musobaqasi sovrindorlari taqdirlandi

Virtual sportni rivojlantirish va talabalarni samarali faoliyatga jalb qilish maqsadida Kibersport musobaqasi oʻtkazildi.

Yakuniy natijalarga koʻra quyidagi fakultet jamoalari tanlov sovrindorligini qoʻlga kiritdi:

3-oʻrin — Ingliz tili va adabiyoti fakultetining “Best, the best” jamoasi;
2-oʻrin — Tarix fakultetining “Mard oʻgʻlonlar” jamoasi;
1-oʻrin — Jismoniy madaniyat fakultetining “Hakkers” jamoasi.

Sovrindorlar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

“Eng namunali tyutor” koʼrik tanlovining institut bosqichi ishtirokchilari taqdirlandi


⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti tyutorlari (guruh murabbiylari) oʼrtasida o‘tkazilgan tanlovda har bir fakultetdan bir nafar tyutor qatnashib, 92 ball bilan 1-o‘rinni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutori O‘ringul Ismoyilova, 86 ball bilan 2-o‘rinni Tarix fakulteti tyutori Abror Davlatov, 78 ball bilan 3-o‘rinni Rus va qozoq filologiyasi fakulteti tyutori Oygul Ishboyeva egalladi.

Shuningdek, ushbu tanlovda ishtirok etgan barcha tyutorlar diplom bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Tadbir doirasida fakultet dekan o‘rinbosarlari taqdirlandi

⚡️Joriy 2023-yil mobaynida Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi samarali faoliyati, tashabbuskorligi, ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi xizmatlari uchun Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

Oshpazlik tanlovi: “shashlik day”

Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg’a (smart soat)lar topshirildi.

Mazkur “Talabalar haftaligi - 2023”ni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘qish bilan bir qatorda turli tadbir va tanlovlar orqali ularning bandligini ta’minlashdan iborat.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️“Talabalar haftaligi” yakuniy tadbirining taqdirlash marosimidan badiiy qismga navbat berildi.

Tadbir davomida San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining kuy-qoʼshiq va dilbar navolari ijro etilib, qatnashchilarga xushkayfiyat ulashdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy