NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Tadbir doirasida fakultet dekan o‘rinbosarlari taqdirlandi

⚡️Joriy 2023-yil mobaynida Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi samarali faoliyati, tashabbuskorligi, ijtimoiy maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi xizmatlari uchun Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

Oshpazlik tanlovi: “shashlik day”

Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg’a (smart soat)lar topshirildi.

Mazkur “Talabalar haftaligi - 2023”ni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘qish bilan bir qatorda turli tadbir va tanlovlar orqali ularning bandligini ta’minlashdan iborat.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⚡️“Talabalar haftaligi” yakuniy tadbirining taqdirlash marosimidan badiiy qismga navbat berildi.

Tadbir davomida San’atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining kuy-qoʼshiq va dilbar navolari ijro etilib, qatnashchilarga xushkayfiyat ulashdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Ассалому алайкум каналимиз аъзолари. Бугундан сиз Навоий вилояти радиосининг эшиттиришларини ушбу канал орқали ҳам тинглашингиз мумкин.
https://t.me/Navoiyradio
#Rektor_minbari

🗞“Doʻstlik bayrogʻi” gazetasining №49-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirovning “Yangilangan konstitutsiya — Oʻzbekistonda ijtimoiy davlat qurish va inson manfaatlarini qadrlash ifodasi sifatida” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Shuningdek, Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, dotsent Botir Zaripovning “Globallashuv davrida turli tizimli tillar munosabati” mavzuida maqolasi nashr qilindi.

👉Maroqli mutolaa: https://t.me/dustlikznamya_uz/550

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Talabalar_ligasi

STOL TENNISI BO‘YICHA G’OLIBLAR NOMI ANIQ BO‘LDI
#sport

🏓Navoiy davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” musobaqasi doirasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha institut bosqichi o‘yinlari yakunlandi.

Ushbu musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra yigitlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakuleti;
🥈2-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti;
🥉3-o‘rin — Rus va qozoq filologiyasi fakulteti.

Qizlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakuleti;
🥈2-o‘rin — Fizika teznologik ta’lim fakuleti;
🥉3-o‘rin — Rus va qozoq filologiyasi fakulteti.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Sport
#Talabalar_ligasi

BASKETBOL G’OLIBLARI MA’LUM BO‘LDI

🏀“Talabalar ligasi” musobaqasi doirasida basketbol sporti bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tdi.

🏅Yakuniy hisobga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida 1-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakulteti, 2-o‘rinni Matematika-informatika fakulteti, 3-o‘rinni Rus va qozoq filologiyasi fakulteti egalladi.

Qizlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti;
🥈2-o‘rin — Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti;
🥉3-o‘rin — Matematika-informatika fakulteti jamoalari qo‘lga kiritdi.

Barcha jamoa ishtirokchilari turli nominatsiyalar boʻyicha munosib taqdirlanishadi.

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy
E’LON

Ertaga, 15-dekabr kuni soat 10:00da Navoiy shahridagi sport majmuasida (дворец спорта) talabalar oʻrtasida sportning voleybol, basketbol, shaxmat va stol tennisi turlari boʻyicha oʻtkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

Barchangizni taqdirlash marosimiga va konsert dasturiga taklif etamiz!

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy
#Xushxabar

⚡️“Nodirai davronlar” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida talabamiz munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi

Tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etgan 14 nafar talaba qizlar orasidan Navoiy viloyati sha’nini NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Bahronova Iroda Otabek qizi himoya qildi.

3 shart asosidagi tanlov natijalariga ko‘ra, Bahronova Iroda Otabek qizi faxrli 3-o‘rinni egalladi hamda Diplom, qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Talabamizning ushbu muvaffaqiyatlarga ketma-ket erishishida ilmiy rahbari, yosh olimamiz Yarashova Nasiba Jumayevnaning xizmatlarini ham e’tirof etish o‘rinlidir.

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy
#Sport
#Talabalar_ligasi

“TALABALAR LIGASI” SPORT MUSOBAQALARI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

⚡️Bugun Navoiy shahridagi sport saroyida (дворец спорта) Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan sport musobaqalarining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Fakultet talabalaridan iborat jamoalar sportning mini futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi turlari boʻyicha gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.

Taqdirlash marosimida institut rahbariyati, fakultet dekanlari va ularning oʻrinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni birinchi prorektor X.Qurbonov ochib, musobaqalarda qatnashgan talabalarni tabrikladi hamda institut rektori B.Sobirovning sportchilarga yo‘llagan tabrigini yetkazdi.

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy