NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Adolat

📌 Hurmatli obunachilar!

Xabaringiz bor ovozlarni hisoblovchi botning serveridagi nosozliklar sababli ayrim nomzodlarning ovozlari yo'qolib qolishi kuzatildi, shuningdek g'arazli kimsalar tomonidan ataylab boshqa nomzodlarga nakrutka urish holatlari kuzatildi. Bu esa barchaning noroziligiga sabab bo'ldi.

Shu sababli Yilning eng yaxshi universitet hamda institut rektori nominatsiyalari FINAL bosqichini qaytadan o'tkazamiz.

Bu gal ovoz berish jarayonlari adolatli, nakrutkasiz va shaffof o'tishi uchun google forms orqali o'tkazamiz.

Marhamat o'z nomzodingizga ovoz bering:

Universitet rektorlari 👉 https://yqqedu.uz/158
Institut rektorlari 👉 https://yqqedu.uz/157

Ovoz berish jarayonlari 2-yanvar 23:59ga qadar amalga oshiriladi. Ovoz berish oson, google akkaunt bo'lsa bas, qanday ovoz berish bo'yicha video qo'llanma bundan keyingi postda joylandi.

Maqsadimiz g'olibni adolatli aniqlash. Yangi yilingiz muborak bo'lsin!

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
👍3
Forwarded from Deleted Account
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ovoz berish uchun qo'llanma video!

Mana shu asosida ovoz berishingiz mumkin, Navoiy davlat pedagogika institutini qo'llab quvvatlang!

P/S: Ovoz berish jarayonlari 2-yanvar 23:59ga qadar amalga oshiriladi.

Mana shu yerdan ovoz bering: Institut rektorlari 👉 https://yqqedu.uz/157
“Yuksalish” harakati xalqaro tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Harakat O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish uchun fuqarolar, davlat va jamoat arboblari, akademik doiralar, biznes hamjamiyati, NNTlar vakillari, xorijdagi vatandoshlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirishni maqsad qilgan.

Bugungacha Harakat tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mustaqil ekspertlari platformasi, mintaqa NNTlarining birinchi akademiyasi tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston hamda Turkiyaning ikkita shahri "qardosh shaharlar" maqomiga ega bo‘ldi.

2024-yildan "Yuksalish" harakati xalqaro tashkilot sifatida mintaqa va rivojlangan mamlakatlardagi jamoat institutlari, "aql markazlari" hamda siyosiy doiralar bilan aloqalarni rivojlantirishga, "muloqot maydonlari"ni yaratishga ko‘maklashishni rejalashtirgan.

YUKSALISH HARAKATI
Kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish bo’yicha o’quv-seminar o‘tkazildi

🏛NavDPI professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini to‘liq tatbiq etish maqsadida belgilangan reja-grafikka muvofiq o‘quv seminarlari olib borilmoqda. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov va bo‘lim boshlig’i H.Shodiyevlar tomonidan fakultet professor-o’qituvchilari, tyutorlariga kredit-modul tizimi va undan oʼquv jarayonlarida samarali foydalanish, yakuniy nazorat ishlarini talab darajasida oʻtkazish yuzasidan axborot berilayapti.

Shuningdek, mazkur uchrashuvlarda “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’lim boshlig’i A.Xalikov ham ishtirok etib, korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha maʼruza qildi.

™️: @NavDPI_Rasmiy
#seminar

Kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish bo’yicha o’quv-seminari davom etmoqda


🏛NavDPI professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini to‘liq tatbiq etish maqsadida belgilangan reja-grafikka muvofiq o‘quv seminari bugun Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari professor-o‘qituvchilari va xodimlariga o‘tkazildi.

Kredit-modul tizimi va undan oʼquv jarayonida samarali foydalanish, yakuniy nazorat ishlarini talab darajasida oʻtkazish va boshqa shu kabi mavzular yuzasidan ma’lumot berildi.

Seminar doirasida korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha kerakli maslahatlar berildi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish vazifalariga e'tibor qaratildi.

Ushbu yig‘ilishdagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida rektor maslahatchisi B.Abdullayev, prorektorlar X.Qurbonov, G’.Yodgorovlar tomonidan seminar tashkil etildi.

Shuningdek, seminar davomida institutda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan targ’ibot tadbirlari haqida axborot berildi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy