NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Jarayon

Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish vazifalariga e'tibor qaratildi.

Ushbu yig‘ilishdagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida rektor maslahatchisi B.Abdullayev, prorektorlar X.Qurbonov, G’.Yodgorovlar tomonidan seminar tashkil etildi.

Shuningdek, seminar davomida institutda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan targ’ibot tadbirlari haqida axborot berildi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OGOHLIK
#bilasizmi

❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga “layk” bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bor

Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!

©️ Manba
___

❗️Предусмотрена ответственность за "лайк" или "репост" в социальных сетях религиозных материалов: видео, аудио, текстовые и иные виды контента.

Остерегайтесь скачивания непроверенных аудио, фото и видео материалов из глобальной сети! ⛔️Не ставьте лайки и не делитесь непроверенным религиозным контентом в социальных сетях!


Bizning kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida 2023-yil mobaynida talabalarni moddiy hamda maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida 2415 nafar talabaga 3 mlrd soʻmdan ortiq pul mablagʻlari toʻlab berildi.

Yuqoridagi #infografika orqali maʼlumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
Qoraqalpoq davlat universiteti professorlari Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘ldilar

🏛Tashrif avvalida NavDPI rektori, professor B.Sobirov adabiyotshunos olim, professor Q.Orazimbetov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir B.Genjemuratov, QDU Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti dekani Q.Turdibaevlar bilan uchrashib, oliygohlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

So‘ngra O‘zbek tili va adabiyoti, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetlarida tahsil olayotgan qoraqalpog’istonlik talaba yoshlar bilan ilmiy, adabiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar Qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlaridan ma’ruzalar o‘qidi. Shuningdek, qoraqalpoq tilining o‘ziga xos jozibaga egaligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrifi tafsilotlari

📽Operator + montajyor: Z.Shuhratov

Ⓜ️NavDPI Matbuot xizmati

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Xalqaro_e’tirof

NavDPI rektoriga Faxriy professor unvoni berildi

Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Ozarbayjon Respublikasi Nasimi nomidagi Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi Tilchilik institutining faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.

—
Ректору НавГПИ присвоено звание Почетного профессора

За заслуги в укреплении сотрудничества между высшими учебными заведениями ректор Навоийского государственного педагогического института Бахадыр Собиров удостоен звания почетного профессора Института языкознания Национальной академии наук Азербайджана имени Насими.

—
Rector of the Navoi state pedagogical institute Bahadir Sobirov was awarded the title of honorary professor of the Institute of Linguistics of the Azerbaijan National Academy of Sciences named after Nasimi for his services in strengthening cooperation between higher education institutions.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍3🎉3