NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
NDU - Navoiy davlat universiteti
Photo
#Jarayon

Navoiy davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar

#O‘zbek_tili_adabiyoti. Fakultetda “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda vatanparvarlikni, yurtni ko‘z qorachig’idek asrashni targ’ib etuvchi badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

#Matematika_informatika. Bayram munosabati bilan fakultet talabalari o‘rtasida bellashuvlar, musobaqalar va bayram tadbirlari o‘tkazildi. Jamoalar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy savodxonligi, zukkoligi, epchilligi, san’at borasidagi mahorati, noodatiy vaziyatlarda tezkorlikda to‘g‘ri qaror qabul qilishi bo‘yicha baholandi.

#Rus_qozoq_filologiyasi. Fakultet talabalari va tyutorlari birgalikda Navoiy shahridagi 20022-sonli harbiy qismga sayohat qildilar. Harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy va jangovor tayyorgarligi, ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

#Fizika_texnologiya. “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida fakultetda davra suhbati o‘tkazildi. Unda Navoiy shahridagi harbiy qism xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

#Maktabgacha_boshlang’ich_ta’lim. Fakultet rahbariyati, Harbiy qism va talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘ldi. Muloqotda leytenant T.S.To’lqinjonov tomonidan bugungi kunda milliy armiyamizda bo’layotgan tub islohotlar, harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar haqida foydali ma’lumotlar berildi.

Bayram tadbirlari fakultetlarda davom etmoqda...


©️NavDPI Matbuot xizmati


Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹“Vatan himoyasi — muqaddas burch” nomli bayram tadbiridan #videolavha

📽Operator + montajyor: Z.Shuhratov

©️NavDPI Matbuot xizmati

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
👍1
#Jarayon

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING HISOBOTLARI TINGLANDI

Yurtimizdagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalari qatori NavDKTU va NavDPIda ikki nafardan profilaktika inspektorlari faoliyat yuritmoqda.

Bugun Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida ularning 2023-yilgi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat IIB rahbariyati hamda ikkala oliy ta’lim muassasasi vakillari qatnashdi.

Muloqot jarayonida dastlab Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar so‘zga chiqishdi. Shundan so‘ng o‘tgan yil davomida talabalar bilan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, jinoyatchilik holati haqida axborot berildi.

Uchrashuv davomida OTMlari va boshqarma tomonidan profilaktik tadbirlarda faol qatnashgan tyutorlar hamda talabalar rag‘batlantirildi.

™️: @NavDPI_Rasmiy
Hurmatli talabalar!!!

🔹Navoiy davlat pedagogika institutida korrupsion holatlarning oldini olish, ochiqlik, shaffoflik va halollikni ta’minlash hamda mazkur jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, vijdonli hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘q deya oladigan talaba-yoshlarni hamkorlika chorlaymiz!

✅Agarda siz yakuniy va oraliq nazorat imtihonlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni topshirish jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, @Navdpi_anticor_bot telegram boti yoki +998934607755, +998990369821 telefon raqamlari orqali anonim xabar qoldirishingiz mumkin.
Xabar bergan talabaning shaxsi qat’iy sir tutiladi!

📌Eslatib o'tamiz, siz o'z murojaatlaringizni institut Bosh binosining 1-qavatida joylashgan Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xizmat xonasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga aytishingiz mumkin.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA INSPEKTORLARNING HISOBOTLARI TINGLANDI

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida NavDPI va NavDKTU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarining 2023-yilgi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda dastlab NavDPI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunova so‘zga chiqib, profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shundan so‘ng o‘tgan yil davomida talabalar bilan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, jinoyatchilik holati haqida axborot berildi.

Tadbirda viloyat IIB rahbariyati hamda ikkala oliy ta’lim muassasasi vakillari qatnashdi.

™️: @NavDPI_Rasmiy