NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Jarayon

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING HISOBOTLARI TINGLANDI

Yurtimizdagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalari qatori NavDKTU va NavDPIda ikki nafardan profilaktika inspektorlari faoliyat yuritmoqda.

Bugun Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida ularning 2023-yilgi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat IIB rahbariyati hamda ikkala oliy ta’lim muassasasi vakillari qatnashdi.

Muloqot jarayonida dastlab Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar so‘zga chiqishdi. Shundan so‘ng o‘tgan yil davomida talabalar bilan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, jinoyatchilik holati haqida axborot berildi.

Uchrashuv davomida OTMlari va boshqarma tomonidan profilaktik tadbirlarda faol qatnashgan tyutorlar hamda talabalar rag‘batlantirildi.

™️: @NavDPI_Rasmiy
Hurmatli talabalar!!!

🔹Navoiy davlat pedagogika institutida korrupsion holatlarning oldini olish, ochiqlik, shaffoflik va halollikni ta’minlash hamda mazkur jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, vijdonli hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘q deya oladigan talaba-yoshlarni hamkorlika chorlaymiz!

✅Agarda siz yakuniy va oraliq nazorat imtihonlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni topshirish jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, @Navdpi_anticor_bot telegram boti yoki +998934607755, +998990369821 telefon raqamlari orqali anonim xabar qoldirishingiz mumkin.
Xabar bergan talabaning shaxsi qat’iy sir tutiladi!

📌Eslatib o'tamiz, siz o'z murojaatlaringizni institut Bosh binosining 1-qavatida joylashgan Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xizmat xonasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarga aytishingiz mumkin.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA INSPEKTORLARNING HISOBOTLARI TINGLANDI

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida NavDPI va NavDKTU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarining 2023-yilgi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda dastlab NavDPI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunova so‘zga chiqib, profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shundan so‘ng o‘tgan yil davomida talabalar bilan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, jinoyatchilik holati haqida axborot berildi.

Tadbirda viloyat IIB rahbariyati hamda ikkala oliy ta’lim muassasasi vakillari qatnashdi.

™️: @NavDPI_Rasmiy