NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
MBT FAKULTETI TALABALARI BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishining ikkinchi mutaxassislik 4-bosqish sirtqi ta’lim shakli talabalari bilan muloqot olib bordi.

Unda talabalarga institut ichki-tartib qoidalari va odob-axloq kodeksiga amal qilishlari, o‘quv jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, tanlovlarda ishtirok etishlari bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalarga ko‘proq kitob mutolaasi bilan shug’ullanishlari uchun Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi tomonidan chop etilgan kitoblar sovg’a qilindi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Siz ijtimoiy tarmoqlarning qaysi biridan ko‘proq foydalanasiz?
Anonymous Poll
17%
Facebook
21%
YouTube
4%
WatsApp
32%
Instagram
6%
Tik Tok
66%
Telegram
👍6
#Jarayon

NAVOIY SHAHAR HOKIMI INSTITUTDA


⚡️Bugun, 30-yanvar sanasida Navoiy shahar hokimi D.Ergashov Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘ldi.

Hokim bilan uchrashuv jarayonida institut rektori B.Sobirov 2023-yilda erishilgan yutuqlar, jumladan o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy va sport, ilmiy sohalarda qo‘lga kiritilga natijalar haqida ma’lumot berib, 2024-yildagi ustuvor rejalar xususida to‘xtaldi.

Shuningdek, Navoiy shahar hokimligi bilan hamkorlik shartnomasini imzolash hamda hokim va talabalar uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Jarayon

HOKIM TALABALARGA KITOB SOVGʻA QILADI

🏛Navoiy davlat pedagogika institutiga Navoiy shahar hokimi D.Ergashev tashrif buyurib, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan muloqot oʻtkazdi.

Samimiy kechgan jarayonda hokim respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni Navoiy viloyati, xususan, Navoiy shahri misolida gapirib berdi. Shu bilan birga talabalar bilan jonli va ochiq muloqot oʻtkazdi. Ularning takliflarini tinglash asnosida talabalarga hokim tomonidan oʻquv-adabiy kitoblar olib berilishi vaʼda qilindi.

Shuningdek, hokim Inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️: @NavDPI_Rasmiy
#Xalqaro_e’tirof

NAVDPI REKTORI BELARUS RESPUBLIKASI POLOTSK DAVLAT UNIVERSITETINING FAXRIY PROFESSORI BOʻLDI


⚡️Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi ilmiy va pedagogik aloqalarni mustahkamlashdagi samarali faoliyati uchun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Sobirov Bahodir Boypo‘latovich Belarus Respublikasi Yevfrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universitetining "Faxriy professor" unvoni bilan taqdirlandi.

©️Maʼlumot uchun, Navoiy davlat pedagogika instituti Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlikda 2020-2021- oʻquv yilidan boshlab 2+2 qoʻshma taʼlim dasturi asosida talabalarni oʻqitish yoʻlga qoʻygan.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
PROFESSOR-OʻQITUVCHILARIMIZ XALQARO EʼTIROFDA

⚡️Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlashdagi samarali faoliyati uchun Navoiy davlat pedagogika instituti dotsentlari Dilorom Shamsiyeva, Feruza Jumayeva va Gulsanam Maxsutovnalar Ozarbayjon Respublikasi Nasimiy nomidagi Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Tilchilik institutining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

©️Bundan oldin NavDPI rektori Bahodir Sobirovga ushbu institutning faxriy professorlik unvoni berilgan edi.
——
НАШИ ПРОФЕССОРЫ ОБЛАДАЮТ МЕЖДУНАРОДНЫМ ПРИЗНАНИЕМ

⚡️ Доценты Навоийского государственного педагогического института Дилором Шамсиева, Феруза Джумаева и Гульсанам Максутовна награждены Благодарственной грамотой Института языкознания Национальной академии наук Азербайджана имени Насими за эффективную работу по укреплению научно-педагогических связей между Азербайджаном и Узбекистан.

©️До этого ректору НавГПИ Баходиру Собирову было присвоено звание почетного профессора этого института.
👏1
Qarnobotaning polvon va ziyoli o‘g’li — Abduxoliq Nurullayev “Paxtachi farzandlari” sahifasida

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Abduxoliq Nurullayevning hayot va uzoq yillik faoliyati to‘g’risida “Paxtachi” gazetasida maqola e’lon qilindi.

Maqolada “Ustozning o‘z vazifasiga sidqidildan, mas’uliyat bilan yondashuvi hamda o‘z sohasini yaxshi bilishi unga jamoada obro'- e’tibor va ishonch olib keldi” - deydi gazeta muxbiri O.Xo‘jayev.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️: @NavDPI_Rasmiy
👍2
#Tabriknoma

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti dekani Aslonov G’ulom Aslonovichni tavallud ayyomi.

G’ulom Aslonov 1958-yil 1-fevralda Navoiy viloyati Karmana tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy. Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Tibbiyot fanlari nomzodi. Ko‘p yillar sog’liqni saqlash, ilm, fan-taʼlim rivoji uchun oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan malakali shifokor va pedagog-ustozdir.

G’.Aslonov 2022-yil 7-sentabrdan Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Tugʻilgan kun munosabati bilan institut rahbariyati G’ulom Aslonovni samimiy muborakbod etadi. Mashaqqatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍3
#MUTOLAA

📰“Знамя дружбы” gazetasining 2024-yil 1-fevraldagi 5-soni bilan tanishishingiz mumkin.

Gazetaning ushbu sonida Rus va qozoq filologiyasi fakulteti professori, filologiya fanlari doktori Albina Raxmanovaning “Shoirning gumanistik universalizmi” sarlavhali maqolasi chop etildi.

——
В 5-ом издании газеты «Знамя дружбы» опубликована статья профессора кафедры русской и казахской филологии, доктора филологических наук Альбины Рахмановой «Гуманистический универсализм поэта».

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Xalqaro_olimpiada

TALABALARIMIZ XALQARO OLIMPIADADA MUNOSIB ISHTIROK ETDI

Joriy yilning 26-27 yanvar kunlari Buxoro davlat tibbiyot institutida “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi Renessansgacha” tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun IV Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Ushbu olimpiadada Tibbiyot fakulteti talabalari ham munosib ishtirok etishdi. Pediatriya ishi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Zuhra Umarova Biokimyo fanidan faxrli III-o‘rinni, 2-bosqich talabasi Farangiz Rahmonova esa gistologiya, sitologiya, embriologiya fanidan faxrli III-o‘rinni egalladilar.

Olimpiadadan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning tibbiyotning turli yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish, talabalarning ilmiy-ijodiy yondashuvlarini targ‘ib qilishdan iborat.

Talabalarimiz va ularning ustozlari Sh.Berdiyev, Jamol Rustamovlarni g’alaba bilan tabriklaymiz.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy