NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Qarnobotaning polvon va ziyoli o‘g’li — Abduxoliq Nurullayev “Paxtachi farzandlari” sahifasida

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Abduxoliq Nurullayevning hayot va uzoq yillik faoliyati to‘g’risida “Paxtachi” gazetasida maqola e’lon qilindi.

Maqolada “Ustozning o‘z vazifasiga sidqidildan, mas’uliyat bilan yondashuvi hamda o‘z sohasini yaxshi bilishi unga jamoada obro'- e’tibor va ishonch olib keldi” - deydi gazeta muxbiri O.Xo‘jayev.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️: @NavDPI_Rasmiy
👍2
#Tabriknoma

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti dekani Aslonov G’ulom Aslonovichni tavallud ayyomi.

G’ulom Aslonov 1958-yil 1-fevralda Navoiy viloyati Karmana tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy. Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Tibbiyot fanlari nomzodi. Ko‘p yillar sog’liqni saqlash, ilm, fan-taʼlim rivoji uchun oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan malakali shifokor va pedagog-ustozdir.

G’.Aslonov 2022-yil 7-sentabrdan Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Tugʻilgan kun munosabati bilan institut rahbariyati G’ulom Aslonovni samimiy muborakbod etadi. Mashaqqatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍3
#MUTOLAA

📰“Знамя дружбы” gazetasining 2024-yil 1-fevraldagi 5-soni bilan tanishishingiz mumkin.

Gazetaning ushbu sonida Rus va qozoq filologiyasi fakulteti professori, filologiya fanlari doktori Albina Raxmanovaning “Shoirning gumanistik universalizmi” sarlavhali maqolasi chop etildi.

——
В 5-ом издании газеты «Знамя дружбы» опубликована статья профессора кафедры русской и казахской филологии, доктора филологических наук Альбины Рахмановой «Гуманистический универсализм поэта».

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Xalqaro_olimpiada

TALABALARIMIZ XALQARO OLIMPIADADA MUNOSIB ISHTIROK ETDI

Joriy yilning 26-27 yanvar kunlari Buxoro davlat tibbiyot institutida “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi Renessansgacha” tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun IV Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Ushbu olimpiadada Tibbiyot fakulteti talabalari ham munosib ishtirok etishdi. Pediatriya ishi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Zuhra Umarova Biokimyo fanidan faxrli III-o‘rinni, 2-bosqich talabasi Farangiz Rahmonova esa gistologiya, sitologiya, embriologiya fanidan faxrli III-o‘rinni egalladilar.

Olimpiadadan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning tibbiyotning turli yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish, talabalarning ilmiy-ijodiy yondashuvlarini targ‘ib qilishdan iborat.

Talabalarimiz va ularning ustozlari Sh.Berdiyev, Jamol Rustamovlarni g’alaba bilan tabriklaymiz.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.

Deputatlar Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talabalar bilan dildan suhbat qilib, uchrashuv o‘tkazdilar. Samimiy va ko‘taringi ruhda o‘tkazilgan jarayonda Oliy Majlis Senati devoninig boʻlim mudiri A.Altiyev, Joʻqorgʻi Kenges qoʻmita raisi Sh.Otemisov va bir guruh deputatlar ishtirok etdi.

Qoraqalqoq ta’lim yo‘nalishi talabalarining bugungi uchrashuvdan olgan taassurotlari, fikr-mulohazalari hamda badiiy chiqishlar tadbirga yuqori kayfiyat va unutilmas lahzalarni bag’ishladi.

Uchrashuv davomida oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorligi uchun Oliy Majlis Senatiga va Joʻqorgʻi Kenges deputatlariga oliygoh rektori B.Sobirov jamoaning tashakkurnomasini topshirdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI DEKANI FUTBOL FAXRIYSI KO’KRAK NISHON BILAN TAQDIRLANDI

O’zbek futboli rivojiga munosib hissa qo’shgan, sport sohasi fidoyisi, Navoiy davlat pedagogigka instituti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Abduxoliq Nurullayev O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining 🎗“O‘zbekiston futbol rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Viloyat hokimi Normat Tursunov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedovlar Abduxoliq Nurullayevga O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining ko’krak nishonini topshirdi.

Ma‘lumot o'rnida, Abduxoliq Nurullayev 1992-yildan buyon Navoiy davlat Pedagogika institutida turli lavozimlarda faoliyat olib bormoqda.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
👍2
#Mutolaa

📰“Posta”, «на Посту» gazetasida Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Xurshid Qurbonovning “Xavfsiz va tinchliksevar davlat tamoyili istiqbollari” sarlavhali maqolasi chop etildi.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️: @NavDPI_Rasmiy
👍1🔥1