NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.

Deputatlar Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talabalar bilan dildan suhbat qilib, uchrashuv o‘tkazdilar. Samimiy va ko‘taringi ruhda o‘tkazilgan jarayonda Oliy Majlis Senati devoninig boʻlim mudiri A.Altiyev, Joʻqorgʻi Kenges qoʻmita raisi Sh.Otemisov va bir guruh deputatlar ishtirok etdi.

Qoraqalqoq ta’lim yo‘nalishi talabalarining bugungi uchrashuvdan olgan taassurotlari, fikr-mulohazalari hamda badiiy chiqishlar tadbirga yuqori kayfiyat va unutilmas lahzalarni bag’ishladi.

Uchrashuv davomida oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorligi uchun Oliy Majlis Senatiga va Joʻqorgʻi Kenges deputatlariga oliygoh rektori B.Sobirov jamoaning tashakkurnomasini topshirdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI DEKANI FUTBOL FAXRIYSI KO’KRAK NISHON BILAN TAQDIRLANDI

O’zbek futboli rivojiga munosib hissa qo’shgan, sport sohasi fidoyisi, Navoiy davlat pedagogigka instituti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Abduxoliq Nurullayev O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining 🎗“O‘zbekiston futbol rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Viloyat hokimi Normat Tursunov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedovlar Abduxoliq Nurullayevga O’zbekiston futbol assotsiatsiyasining ko’krak nishonini topshirdi.

Ma‘lumot o'rnida, Abduxoliq Nurullayev 1992-yildan buyon Navoiy davlat Pedagogika institutida turli lavozimlarda faoliyat olib bormoqda.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
👍2
#Mutolaa

📰“Posta”, «на Посту» gazetasida Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Xurshid Qurbonovning “Xavfsiz va tinchliksevar davlat tamoyili istiqbollari” sarlavhali maqolasi chop etildi.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️: @NavDPI_Rasmiy
👍1🔥1
#Hamkorlik

Navoiy davlat pedagogika instituti va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish ilmiy markazining Navoiy viloyati filiali oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 7-dekabrdagi 5590-sonli va 2020-yil 17-noyabrdagi 6112-sonli Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor B.Sobirov hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam koʻrsatish ilmiy markazining Navoiy viloyati filiali direktori, tibbiyot fanlari nomzodi B.Jalilov oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shartnomada davolash profilaktik muassasalarida Tibbiyot fakulteti talabalarining amaliyot oʻtashi, ilmiy tadqiqot olib borishi va boshqa shu kabi hamkorlikdagi ishlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, talabalar RShTYoIM Navoiy filialida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, zaruriy bilimlarni oldilar.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy