NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Sport #Talabalar_ligasi

TALABALAR O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

⚽️“Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida Navoiy viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida futbol (futzal) bo‘yicha final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan musobaqada
NavDPI - NavDKTU 8:2,
NavDPI - NavIU 5:0,
NavDKTU - NavIU 7:2.


🏅Yakuniy natajalarga ko‘ra, 1-o‘rinni NavDPI, 2-o‘rinni NavDKTU, 3-o‘rinni NIU talabalari egallashdi.

Faxrli birinchi o‘rinni olgan jamoamiz keyingi, respublika boschiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
#E’TIROF

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlandi

O‘zbekistan Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida “8 -mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida mehnat qilib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar e’tirof etildi.

Xususan, Navoiy davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Nasiba Tursunova, institut psixologi Dilfuza Abduraimovalar ham vazirlikning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Ushbu e‘tirof va e’tibor bilan institut jamoasini samimiy muborakbod etamiz


Bizni kuzatib boring
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#СМИ_о_нас

Трамплин для будущих достижений

🗞В новом 47-м номере газеты «Правда Востока» была опубликована статья под названием «Трамплин для будущих достижений».

В нем приведены факты о преподавателе Навоийского государственного педагогического института Меруерт Омонбоевой, недавно удостоенной Государственной премии имени Зульфии, о ее участии в конкурсах и олимпиадах, ее работе до получения Государственной премии.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Xalqaro_hamkorlik

Pokiston Quaid-i-Azam universiteti professori talabalarga dars o‘tmoqda

Pokiston Quaid-i-Azam universiteti professori Muhammad Zafar 6-7 mart kunlari NavDPI Tabiiy fanlar fakulteti talabalariga “Botanika” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib boradi.

Xorijlik olim bilan Biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilib, talabalar va magistrantlarga dars mashg’ulotlarini olib bordi.

Shuningdek bugun professor Muhammad Zafar Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor B.Sobirov bilan uchrashuv o‘tkazishi va OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
#8_mart_bayram_muborak

Nafosat malikalariga ehtirom

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Yuqori kayfiyat ila tashkil etilgan bayram va konsert dasturida dastlab institut rektori B. Sobirov soʻzga chiqib, bayram munosabati bilan yig’ilganlarni qutladi.

Shundan soʻng oʻzining mehnatsevarligi, fan-taʼlim rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga, tyutorlarga va ishchi xodimlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari ulashildi.

San’atshunoslik fakulteti jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar bayram kayfiyatini taqdim etib, tadbirga fayz bagʻishladi, barchani raqslarga chorladi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1