NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi munosib kutib olindi

🔹Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining 2024-yil 4-martdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g’risida”gi
qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi Omonboyeva Meruyert Erkin qizi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga bilan taqdirlandi.

Institutimizning faol, tashabbuskor xotin-qizlari mana bu yil, ketma-ket 5-yil “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻldi.

Bugun NavDPI faollar zalida institut rahbariyati hamda Navoiy shahar hokimligi boshchiligida professor-o‘qituvchilar, talabalar “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Meruyert Omonboyevani va uning onasi tantanali kutib olindi.

Institut jamoasi nomidan ularga ehtirom ko‘rsatilib, mehnatlari e’tirof etildi hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Shuningdek, Meruyertning onasiga va ustoziga ham institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari ulashildi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

Dekanlar va kafedra mudirlari bilan yigʻilish o‘tkazildi


🏛NavDPI rektori, professor Bahodir Sobirov rahbarligida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yigʻilish bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga ko‘ra, o‘quv-uslubiy jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohalarida ko‘zda tutilgan ishlar, loyihalar, olib borilayotgan faoliyat hamda korrupsion holatlarini oldini olish borasida talabalardan olingan anonim so‘rovnoma natijalari muhokama etildi.

Shu bilan birga, yig’ilish ishtirokchilariga ta’lim va pedagog maqomi to‘g’risidagi qonunlar bilan yana bir bor tanishib chiqish, 16-18-mart kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hasharini yuqori kayfiyatda o‘tkazish, maktab — oliy ta’lim muassasasi integratsiyasini mustahkamlash, talabalar orasida odob-axloq kodeksini targ’ib etish va boshqa masalalar bo‘yicha zaruriy topshirlar hamda kerakli tavsiyalar berildi.

Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy sahifalari:


Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Jarayon #olimpiada #test

MART-APREL OYLARIDA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASINING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILADI

Joriy yilning 12-14-mart kunlari Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasining institut bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Bugun start olgan fan olimpiadasining birinchi turida institutning 300ga yaqin talabalari ishtirok etib, ikki kun davomida bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi. Mazkur fandan keyingi, 2-bosqich 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Va reja-grafik asosida kimyo, biologiya, fizika fanlaridan ham imtihonlar olib boriladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida “Kimyo” ,“Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan Respublika fan olimpiadasini o‘tkazish tartibi to‘g’risida”gi №78-son buyrug’i.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

Xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor B.Sobirov fakultetlarning xotin-qizlar maslahat Kengashi aʼzolari bilan yig’ilish oʻtkazdi.

Jarayonda xotin-qizlarni jamiyatdagi oʻrni, gender tenglik, talaba qizlarning odob-axloqi, kiyinish va muomala madaniyati, diniy aqidaparastlik va “ommaviy madaniyat” hamda missionerlik tushunchalari yuzasidan fikrlar tinglandi.


Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan tizimli ishlarni tashkil etish, ularni kasb-hunarga oʻrgatish kabi masalalarga alohida toʻxtaldi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Psixologik_trening

Shaxs psixikasi juda nozik bo‘lib, u o‘ziga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi, jamoa orasida va o‘zi yolg’iz qolganda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Bunday holatda Art-terapiyadan foydalanish eng qulay usul hisoblanadi.


2024-yilning 11-mart kuni Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi Dilfuza Abduraimova Dilfuza Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-2-kurs  talabalari bilan “Art-terapiya”, “Musiqa terapiya” treninglarini tashkil qildi.

Ushbu treninglar talabalarga bir jamoa bo‘lishga, qiyinchiliklarda birlashishga, o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishga, atrofdagilarni tushunish va yordam qo‘lini cho‘zishga undovchi turtki.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
🔆Qiz bola uchun eng yaxshi sarpo - unga berilgan to'laqonli ta'limdir!


🎉 1-mavsumning muvaffaqiyatli yakunidan soʻng mana koʻp oʻtmay 2-mavsumning boshlanishiga start berildi, qizlarjon!


💜Biz boshladik!💜

💥"Ziyoli qizlar" marafonining 2-mavsumiga qabul boshlandi.💥

▶️Marafonga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan, o'z ustida ishlashni xohlaydigan, doimiy tarzda rivojlanish istagidagi xotin-qizlar qabul qilinadi!

▶️Marafon 1 oy davom etadi, unda online va offline treninglar, davra suhbatlari, oʻz ishining ustalari boshchiligida olib boriladi.

▶️Sizlarni foydali bilimlar, yangi tanishlar, koʻplab maroqli uchrashuvlar, muloqotlar hamda ajoyib va "maxsus sovgʻa"larimiz kutyabdi🎁


📞Batafsil maʼlumotlarni olish va marafonga roʻyxatdan oʻtish uchun:
@navoiy_qizlarovozi

📌SHOSHILING, QIZLARJON, JOYLAR SONI CHEKLANGAN!📌

@karimova_zuxra 🪐
😍2