NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Fakultet_xabarlari

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakultetida “Sog‘inganim keldingmi Navro‘z” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Talabalar tomonidan milliy qo‘shiqlar kuylandi. Sahna ko‘rinishlari va milliy laparlar namoyish etildi. Arqon tortish va tosh ko‘tarish o‘yinlari bayramga o‘zgacha shukuh bag’ishladi.

➖➖➖➖➖➖

Matematika-informatika fakultetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori asosida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda birinchi prorektor X.Qurbonov ishtirok etib, Navro’z bayrami bilan yig’ilganlarni tabrikladi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon #Navro‘z

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutining Sanʼatshunoslik fakulteti hamda 2-sonli talabalar turar joyida Navroʻz ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri va sumalak sayli boʻlib oʻtdi.

Unda institutimiz rektori Bahodir Sobirov ishtirok etib, talabalar va professor-oʻqituvchilarni muborak Ramazon oyi va kirib kelayotgan Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdi.

Tadbirda professor-oʻqituvchilarning kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarni raqslarga chorladi.


@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon #Navro‘z #NavDPI

⚡️Navroʻz ayyomi munosabati bilan Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlarida ham bayram tadbirlari oʻtkazildi.

1-sonli talabalar turar joyi talabalari hamda fakultet jamoasi uchun doshqozonlarda sumalak solindi, osh damlandi.

Mazkur tadbirga institut rektori B.Sobirov qatnashdi. Qo‘llar duoga ochilib, yaxshi niyatlar, tilaklar bildirildi.

Bizni kuzatib boring:
@NavDPI_Rasmiy
👍2
#Jarayon #Navro’z #NavDPI

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!


Bugun Tarix hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari hamkorligida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda institut rektori Bahodir Sobirov ishtirok etib, talabalar bilan muloqot qildi, bayram bilan samimiy tabrikladi. Iqtidorli yoshlarning ijodiy chiqishlari: ulan-u laparlar, milliy kuy-qoʻshiqlar va raqslar tadbirga fayz kiritdi.

Navro‘z tantanalari fakultetlarda davom etmoqda.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy