NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#LIVE #NavDPI_pressa

NAVOIY SHAHRIDAGI “YOSHLIK” KO‘LI BO‘YIDA NAVRO‘Z BAYRAMI SAYLI BO‘LIB O‘TMOQDA

Bayram saylida Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari, tyutorlar, dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etmoqda. Turli badiiy va ko‘rgazmali chiqishlar, folklor-etnografik jamoalari hamda san’atkorlar o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan viloyatimiz ahliga zavq ulashmoqda.

Navro‘z sayli jarayonlari aks etgan fotolavhalardan bahramand bo‘ling.

Suratlar mualliflari: Kamol Xolov, Ziyonur Shuhratov, Farhod Abdusalomov


@NavDPI_Rasmiy
👍1
#Bayram_shukuhi

NAVOIY SHAHRIDAGI “YOSHLIK” KO‘LI BO‘YIDA NAVRO‘Z SAYLI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA


Bayram saylida Navoiy viloyati hokimi, senator Normat Tursunov ishtirok etib, Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan tayyorlangan pavilyonga tashrif buyurdi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qildi, esdalik uchun fotosuratlar olindi. Sportchi yoshlarga esdalik sovg’alari ulashildi.

#NavDPI_pressa
👍1
#Fotoreportaj

NAVRO‘Z SHUKUHI

⚡️Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan bayram saylida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov institut xodimlari va professor-oʻqituvchilari hamda talabalari bilan uchrashib, dildan suhbat qurdi, ularni muborak Ramazon oyi va Navroʻz ayyomi bilan muborakbot etdi. Institut jamoasi bilan olingan fotosuratlar tarixga muhrlandi.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram |Nspi.uz| Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Bayram_shukuhi

INSTITUT JAMOASI VILOYAT BAYRAM TADBIRIDA ISHTIROK ETDI


Bugun Navoiy shahridagi Markaziy madaniyat va istirohat bogʻida Navroʻz bayrami sayli boʻlib oʻtdi.

Navro‘z saylida Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi o‘z pavilyoni bilan ishtirok etib, toʻkin dasturxon atrofida jam bo‘ldi.

Viloyat hokimi Normat Tursunov, O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanaqulov va boshqa mutassadi rahbarlar institut jamoasi tomonidan namoyish etilgan rasmlar va ixtirolar ko‘rgazmalari, milliy kurash, shaxmat, arqon tortish musobaqalari bilan tanishdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan suhbat qurib, Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etdilar.

Shuningdek, diltortar taronalar, kuy-qoʻshiq va raqslar ijro etildi, barchani raqslarga undadi.

Bizni kuzatib boring

™️:@NavDPI_Rasmiy