NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Insonga_eʼtibor

Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqi Kengashi koordinatorlari tashabbusi bilan tashkil qilingan "Insonga eʼtibor" loyihasining ushbu sonida Karmana tumanidagi oilalarini bayram bilan tabriklab ularga quvonch ulashildi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NavDPI_YI
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nufuzli #Konferensiya

🎇Navoiy davlat pedagogika instituti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan nufuzli konferensiyaga taklif qilamiz!

"Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o'qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani

📍Anjuman o'tkazilish joyi va vaqti: Navoiy davlat pedagogika instituti 19.04.2024

✅Maqolalar qabulining so'nggi kuni: 2024-yil 10-aprel


Axborot xati

👩‍💻Murojaat uchun: @Science_maqola24 (+998 933549654)

Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
🔹 NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI AKADEMIK LITSEYI

🔸 OCHIQ ESHIKLAR KUNI


9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni o'tkaziladi.

📆 27.03.2024
⏰ 10:00 - 14:00

📝 Ochiq eshiklar kunida barcha fanlardan fan olimpiadalari bo'lib o'tadi.

🏆 OLIMPIADA G'OLIBLARI SERTIFIKAT VA PUL MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANADI

@NavDPI_Rasmiy
#Professor_o‘qituvchilar_minbari

🗞“Doʻstlik bayrogʻi” gazetasining №12-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti N.Tursunovaning “Ruhiy poklanish va betakror qadriyatlar beshigi” nomli maqolasi hamda fakultet dekani o‘rinbosari Q.Bozorov va kafedra dotsenti F.Nurmanovlarning “Tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami” sarlavhali maqolalari nashr etildi.

Shuningdek, gazetaning ushbu sonida NavDPIda lavozim muddati tugagan va bo‘sh lavozimlarni egallash bo‘yicha tanlovi e’lon qilinadi hamda oliygoh jamoasining Navro‘z bayrami munosabati bilan viloyatimiz ahliga yo‘llagan bayram tabrigi chop etildi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
NavDKTUning yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida qo‘shimcha 400 o‘rinli talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda “NKMK” AJ Bosh direktori Q.Sanaqulov, viloyat hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i O‘.Mirzoyev, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirov, universitet jamoasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir mehmonlari binoga kirishdan avval hovlida daraxt ekishdi. Shundan so‘ng ramziy lenta tantanali qirqilib, ishtirokchilar yotoqxona ichida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Jamoa shartnomasining 2023-yildagi ijrosi muhokama qilindi

Bugun Navoiy davlat pedagogika insitutida institut ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023-yildagi ijrosiga bag’ishlangan konfrensiya o‘tkazildi.

Jarayonda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Respublika Kengashining Navoiy viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Anora Bobomurodova, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov ishtirok etdi. Kun tartibida jamoa shartnomasining 2023-yildagi ijrosi va 2024-yil uchun shartnomaga qo‘shimcha o‘zgartirish kiritsh kabi masalalar muhokama etildi.

Konferensiyada ko‘rilgan masalalar boʼyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍2
#Kino_kechalari

Talabalar “Ayol qismati” filmini tomosha qildi


Navoiy davlat pedagogika institutining 2-sonli talabalar turar joyi talabalari uchun “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri haqida ishlangan “Ayol qismati” filmi namoyish etildi.

Kinokartinada “Sojida” ismli ayol diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi qurboniga aylangani va bu illatlarning ayanchli oqibatlari tasvirlangan.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Ichki_turizm

TALABALAR TARIXIY OBIDALAR BILAN YAQINDAN TANISHDI

Talaba yoshlarni hududlarimiz tarixi va ajdodlarimiz hayoti bilan yaqindan tanishtirish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini mustahkamlash maqsadida Tarix fakulteti tyutorlari va talabalari Karmana tumanida joylashgan Qosim Shayx majmuasiga, Mir Said Bahrom maqbarasiga hamda Xotira maydoni va “Motamsaro ona” haykaliga sayohat qildilar.

Ekskursiya davomida talabalar obidalarning noyob arxitekturasi, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati yuzasidan qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy