NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

⚡️NavDPI Matematika-informatika fakultetining 1-bosqich talabalari institut tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bilan tanishdilar.

Muzeydagi eksponatlar, arxiv hujjatlari, qatag’on qilingan jadid bobolarimiz haqida foydali ma’lumotlar berildi.

👀Bizni kuzatishda davom eting:

@NavDPI_official
Viloyat OTFIV boshqarmasi ishtirokida talabalar bilan uchrashuv

⚡️NavDPI rahbariyati, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyat boshqarmasi hamkorligida Rus va qozoq filologiyasi va Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✔️Unda professional ta’lim muassasalarida talabalar amaliyotini tashkil etish, pedagoglar faoliyati va ularga yaratilayotgan imtiyozlar hamda vakant ish o‘rinlariga yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha fikrlar bildirilib, talabalarni qiziqtirgan savollari yuzasidan bir qator tavsiyalar berildi.

#OTFIV #NavDPI #talabalar_bilan_suhbat

Bizni kuzating:


@NavDPI_official
OCHIQ ESHIKLAR KUNI: LITSEY FAOLIYATIGA NAZAR

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyida umumta’lim maktablari o‘quvchilari va ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga akademik litsey faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, fan va sport to‘garaklari haqida batafsil axborot berildi.

Akademik litsey o‘quvchilarining bugungi kungacha erishgan yutuqlari va unda litseyning jonkuyar va fidoyi pedagoglarining salmoqli hissalari borligi alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, o‘quvchilar dars mashg’ulotlarini kuzatishga muvaffaq bo‘ldilar.

Tadbir so‘nggida nazorat sinovlarida yuqori ball olgan maktab o‘quvchilari litsey ma’muriyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

👀Bizni kuzatishda davom eting:

@NavDPI_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_reportaj

📹Rus va qozoq filologiyasi fakultetida Navroʻz ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Bayram dasturida milliy va estrada kuy-qoʻshiqlari ijro etildi, raqslar namoyish qilindi. Sport tadbirlari: tosh koʻtarish, arqon tortish kabi musobaqalar oʻtkazildi, doshqozonda sumalak solindi.

Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍2🔥1
#Jarayon

Viloyat sport boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Jismoniy madaniyat hamda Tabiiy fanlar fakultetlari talabalari bilan uchrashuv
tashkil etildi

Navoiy davlat pedagogika institutining axborot-resurs markazida o‘tkazilgan tadbirda dastlab institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G’.Yodgorov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni ishga joylashishida bugungi kundagi talablar va bitiruvchilar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida fikrlarini bildirdi.

So‘ng Navoiy viloyati sport boshqarmasi mas’ullari tomonidan sport yo‘nalishidagi muassasa va tashkilotlarda talabalar amaliyotini tashkil etish, tizimda kadrlar faoliyati va ularga yaratilayotgan imtiyozlar hamda vakant ish o‘rinlari to‘g’risida to‘xtalib, yosh mutaxassislarni mehnat qonunchiligi asosida ishga qabul qilish tartibi bo‘yicha tushuntirish berdi.

#NavDPI #sport_boshqarma #talabalar_bilan_suhbat

Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NavDPI Akademik litseyi haqida


🎥Ushbu videorolikda litsey taʼlim jarayoni, oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oliy taʼlim dargohlariga kirish koʻrsatkichlari haqida ma’lumot beriladi.

Videolavhada akadekik litsey direktori, oʻqituvchilari, shuningdek, mazkur ta’lim dargohini tamomlagan, hozirda nufuzli OTMlariga oʻqishga qabul qilingan sobiq bitiruvchilarining intervyulari namoyish etiladi.

©️Bizni kuzatishda davom eting

™️:@NavDPI_Rasmiy
PAST KO‘RSATKICHLI MAKTABLAR BILAN TIZIMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILADI

Navoiy davlat pedagogika instituti hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Unda oliy taʼlim muassasasiga biriktirilgan maktablarning taʼlim sifatini oshirish masalasiga eʼtibor berildi. Bunda institut professor-oʻqituvchilari maktab oʻquvchilari va pedagoglariga mahorat darslarini oʻtish, muassasani kerakli oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash, bitiruvchilarni oliy talim dargohlariga yuqori natijalar asosida qamrab olish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan “Mobil metodik guruh” faoliyati e’tirof etildi. Guruh a’zolariga ta’lim sifati past bo‘lgan umumta’lim maktablari bilan ishlashda alohida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish topshirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ushbu guruh faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Bizni kuzatib boring:

@NavDPI_Rasmiy