NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Targ’ibot

“ISLOHOTLARGA DAXLDORMAN” LOYIHASI

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda o‘tkazilayotgan “Islohotlarga daxldorman” loyihasi jamoasi viloyatimizdagi ta’lim maskanlari, yoshlar tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlarini boshladi.

Joriy yilning 28 mart kuni "Islohotlarga daxldorman" jamoasi tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti "Oʻzbek tili va adabiyoti" fakulteti talabalari orasida oʻtkazilgan targʻibot dasturi davomida mamlakatimizda amalda oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga oid qonunlar, huquqiy savodxonligini oshirish, bilim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida suhbat olib borishdi. Suhbat yakunida bahs-munozaraga boy savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

@NavDPI_Rasmiy
HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti va Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Navoiy viloyat hududiy birlashmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumga koʻra professional, oliy taʼlim va fan xodimlari oʻrtasida seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar hamda ommaviy tadbirlarni tashkil etish, isteʼmolchilarning huquqiy bilim saviyasini oshirish, taʼlim oluvchilarning isteʼmolchilik huquqiy bilim saviyasi va isteʼmol madaniyatini oshirish borasida hamkorlik qilish, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borishni tashkil etish kabi masalalarda hamkorlik qilinadi.

👉BATAFSIL: https://nspi.uz/?p=29653

Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETIDA HUNARMAND TALABALAR YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI


Talaba yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Handcrafter Students Spring Fair” nomli ko’rgazma-yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada talabalarning ilmiy va innovatsion loyihalari, ijodiy ishlari, ko‘rgazmalari va badiiy chiqishlari namoyish etildi.

Ushbu tadbirdan asosiy maqsad milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish, yoshlarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlashdan iboratdir.

Tadbirda institut rahbariyati, fakultet jamoasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vatan tinchligi va havfsizligi uchun barchamiz birdek masʼulmiz!

Videorolikni tomosha qilishni tavsiya etamiz.


@NavDPI_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kitob_o‘qing

📘Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakultetining talaba yoshlari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitobga mehr qo‘yganlar va ular doimiy ravishda institut axborot-resurs markaziga va fakultet yaqinidagi NKMKga qarashli kutubxonaga borib, adabiyotlar bilan tanishadilar, kitob o‘qish bilan mashg’ul bo‘lishadi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
Talabalarning fikr-mulohazalari o‘rganildi

📌Bugun institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari Tabiiy fanlar fakulteti sirtqi ta‘lim shakli talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazdi.

Bo‘lim boshlig¹i A.Xalikov tomonidan talabalarga institutda amalga oshirilayotgan ishlar va bo‘lim faoliyati haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, talabalarning fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnomalar olindi.

NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘lib, yangiliklardan xabardor bo‘ling:


@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

MAKTABLARGA METODIK YORDAM KO‘RSATILDI


⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti o‘qituvchilari S.Salimov va F.Junayevlar viloyatning olis cho‘l hududida joylashgan, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha qizil toifadagi Konimex tumani “Qaraq-Ata” ovulidagi 20-umumta‘lim maktabi va “Orazjan” ovulidagi 13-umumta‘lim maktabida bo‘lishdi.

Mazkur maktablarning “Abiturient shtabi” bilan tanishib, o‘quvchilar bilan “Men tanlagan universitet” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Hamda tarix faniga oid qiziqarli savol-javoblar olib borildi.

Faol qatnashgan o‘quvchilar tarix faniga oid kitoblar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
KENGASH YIGʻILISHIDA MUHIM MASALALAR KOʻRIB CHIQILDI

Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining navbatdagi, 9-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kengashni institut rektori, professor Bahodir Sobirov olib bordi. Kun tartibiga ko‘ra, ijro intizomi, tyutorlar faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish, professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish, raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi, mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, yigʻilish davomida ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan xabar boʻyicha kengash aʼzolarining fikrlari eshitildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram |Nspi.uz| Facebook | Instagram | YouTube