NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#Jarayon

TYUTORLAR MALAKASINI OSHIRISH BO‘YICHA BIR OYLIK O‘QUV KURSLARIGA START BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-martdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan tyutorlar malakasini oshirish uchun 1 oylik o‘quv kurslari boshlandi.

O‘quv kurslarining birinchi kunida institut rektori, professor B.Sobirov ishtirok etib, mazkur seminarlardan ko‘zlangan maqsad hamda ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Oylik davomida “Yangi Konstitutsiya va yoshlar siyosati”, “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi islohotlar”, “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati”, “Talaba-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”, “Globallashuv va yoshlar axloqi”, “Tyutorlik faoliyatining texnologiyalari, vositalari, funksiyalari” kabi 40 dan ortiq turli mavzularda o‘quv-seminarlari olib boriladi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
👍2
PRESS-TUR: JURNALIST VA BLOGERLAR INSTITUTDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR BILAN TANISHDILAR

🏛Navoiy viloyati hokimligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi, Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi hamda viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan press turda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari uchun yaratilgan sharoitlar, ularning taʼlim olishlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, axborot-resurs markazi faoliyati, sport maydonlari, talabalar turar joylari, oʻquv laboratoriya xonalari ko‘zdan kechirildi, talabalar, professor-o‘qituvchilar bilan suhbat qilindi.

👀Bizni kuzatishda davom eting:

@NavDPI_official
👍1
#press_tur

⚡️⚡️Jurnalist va blogerlar yoshlar ittifoqi kengashi xonasi bilan tanishib, fakultet koordinatorlari hamda “Qalqon” guruhi talabalari bilan suhbat o‘tkazdilar, shuningdek, sanʼat galereyasida tashkil etilgan koʻrgazma faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘ylab sayohat uyushtirilb, muzeydagi eksponatlar, qatag’on davriga oid arxiv hujjatlari, jadid bobolarimiz haqida ma’lumotlar berildi.

©️NavDPI Matbuot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram |Nspi.uz| Facebook | Instagram | YouTube
👍2
Forwarded from Камол Мухаммадиёрович
MATBUOT ANJUMANI: TAHLILIY NATIJALAR VA REJALAR

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Mazkur matbuot anjumanida institut rektori, professor Bahodir Sobirov oliygohda oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va sport sohalarida, ilmiy-tadqiqot hamda moliya-iqtisod yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berdi. Shu bilan birga tadbirda oliy ta’lim muassasasi hamda jurnalist va blogerlar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikrlar va takliflar tinglandi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillariga Navoiy davlat pedagogika instituti bilan hamkorligi uchun minnatdorlik bildirildi.


Bizni kuzating:
™️@NavDPI_Rasmiy
👍2🔥1