NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
📸#Xon_atlas_festivali

Jarayondan fotolavhalar

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_official
#Jarayon

INSTITUTDA “XON ATLAS” FESTIVALI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 8-14-aprel kunlari yurtimiz bo‘ylab “Xon atlas” haftaligi o‘tkazilmoqda.

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida ham “Xon atlas“ festivali yuqori kayfiyat ila tashkil etildi. Festivalda institut rahbariyati, xotin-qizlar kengashi, viloyatning faol xotin-qizlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda talaba-yoshlar faol qatnashishdi.

Tadbir davomida iqtidorli talabalarimizning badiiy chiqishlari, dizayner talabalarimizning milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar taqdimoti, rassomchilik, toʻquvchilik, umuman, qoʻl mehnatidagi yaratuvchanlik tadbirga zavq baxsh etdi.

Milliy libos targ’ibotiga qaratilgan tadbirlar fakultetlarda davom etadi.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#kinokartina

“Ayol qismati” filmi talabalarni mushohada qilishga chorladi


⚡️O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli talabalariga o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Ayol qismati” nomli badiiy film namoyish etildi.

Unda bir ayolning boshidan kechgan mudhish voqealari “Sojida” ismli ayol misolida gavdalantirilgan. Ushbu qahramon misolida soxta g’oyalarga aldanmaslik, vatanni sevish, oila va ayol baxtini yuqori darajada saqlash kabi tushunchalar real voqealar asosida ko‘rsatib berildi.

Film namoyishidan so‘ng institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori X.Qurbonov hamda rektor maslahatchisi B.Abdullayevlar talaba yoshlarning ushbu filmdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, o‘zlarining kerakli maslahatlarini va tavsiyalarini berib o‘tdilar.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
#OAV_nigohida

📰“Do‘stlik bayrog’i” hamda «Знамя дружбы» gazetalarining 2024-yil 11-apreldagi 15-soni nashr etildi.


Gazetalarning ushbu sonida ham Navoiy davlat pedagogika institutiga oid xabar va yangiliklar e’lon qilindi. Xususan, «Знамя дружбы» gazetasida Matbuot kotibi Kamol Xolovning “Стратегии развития дошкольного образования” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Shuningdek, “Do‘stlik bayrog’i”da institutda o‘tkazilgan press-tur hamda matbuot anjumani haqida “Jurnalistlar talabalarga havasda” nomli xabar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting:


™️@NavDPI_Rasmiy |@NavDPI_official