NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#LIVE

📸Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzatib boring:

™️:@NavDPI_Rasmiy
Koʻpni koʻrgan ustoz va murabbiylarning hayot tajribasi yoshlar uchun ibrat maktabidir!

🔊Bugun RSHTYOIM Navoiy filialda “Uch avlod uchrashuvi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔊Tadbir NavDPI Tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida oʻtkazilib, tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti ustoz-murabbiylaridan Gʻ.A.Aslanov, RSHTYOIM Navoiy filiali direktori B.Z.Jalolov va filialning shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish boʻyicha direktor oʻrinbosari M.Yu.Xodjayevlar soʻzga chiqishdi.

🔊Uchrashuv davomida soʻzga chiqqanlar, faxriylar hayot yoʻli, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yoʻlda uchragan mashaqqatlar va qiyinchiliklari xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdi. Kishi oʻz oldiga maqsad qoʻyishi va kelajagini rejalashtirishi lozimligi, bu yoʻlda albatta unga muammolar uchrashi va bu muammolarni bilimi, salohiyati va intilishlari bilan yengishi lozimligi barchaga ibrat boʻlgulik hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi.

@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

🎓Magistratura mutaxassisliklarining monitoring jarayonlari davom etmoqda


✔️📚📚Belgilangan grafik asosida Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) va O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisliklari 2-kurs magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlaganlik holati, tadqiqot mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlarining tahliliy hisobotlari ko‘rib chiqildi, kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.

📚📚Monitoring jarayonida Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) mutaxassisligi magistranti S. Abduhakimova , O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistranti D. Qurbonovlarning tadqiqot ishlari Nizom talablariga mos tayyorlanganligi, Ilmiy nashrlarning salmoqli tarkibi mavjudligi ta’kidlandi.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy
#Anjuman #Conference

Navoiy davlat pedagogika institutida “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

👉BATAFSIL: https://nspi.uz/?p=30271

В Навоийском государственном педагогическом институте прошла научно-практическая конференция на тему «Современные тенденции преподавания физики в среде информационных и инновационных технологий: проблемы и решения».

👉ПОДРОБНО: https://nspi.uz/?p=30260&lang=ru

A scientific-practical conference was held at the Navoi state pedagogical institute on the topic “Modern trends of teaching physics in the environment of information and innovative technologies: problems and solutions”.

👉IN DETAIL: https://nspi.uz/?p=30262&lang=en

Bizni kuzatib boring:


@NavDPI_Rasmiy
@NavSPI_official
#Intervyu

🎤“Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi konferensiya haqida Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-astronomiya kafedrasi mudiri Axad Axmedov hamda “Science and innovation” kompaniyasi direktori o‘rinbosari Fotima Normatova fikr-mulohazalarini bildirishdi.

@NavSPI_official