NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
DAVLAT DASTURINING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Navoiy mashinasozlik zavodida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mazmun-mohiyatini ishchi-xodimlar o‘rtasida tushuntirish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida mutaxassislar Davlat dasturining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda gender tenglik borasidagi ishlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar hamda onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Tadbirda Navoiy viloyat “Oqila ayollar harakati” rahbari A.Bobomurodova, Navoiy yuridik texnikumi direktori o‘rinbosari D.Murtazayev, “NKMK” AJ ayollar Kengashi, yuridik texikum va NavDPI Tarix fakultetining iqtidorli talaba yoshlari hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida iqtidorli yoshlarimizning chiqishlari namoyish etildi.


@NavDPI_Rasmiy
#Eʼlon

“Ma’rifat ulashib” loyihasi

📚Talaba yoshlarning badiiy savodxonlik darajasini oshirish va kitobxonlikka jalb qilish maqsadida respublikamiz bo‘ylab “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 25- va 29-aprel kunlari Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev, shoir Bahriddin Sadriddinov hamda shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh bilan ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Kun davomida ijodkorlar bilan turli tadbirlar, xususan, “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish, talabalar bilan uchrashuv, muzeyga sayohat, adiblarning maktablarga tashrifi hamda Talabalar turar joyida ijodiy kecha o‘tkazilishi belgilangan.

⏱Loyiha o‘tkazilish vaqti: 25-aprel soat 09:00

Manzil: NavDPI bosh binosi

📍Lokatsiya

Barchani adabiy kechaga taklif etamiz!

@NavDPI_Rasmiy
#Xushxabar

TALABAMIZ O‘ZBEK JANG SAN’ATI BOʻYICHA CHEMPIONATDA BIRINCHI O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI

🥋Shu yilning 20-21 aprel kunlari Navoiy shahrida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha Navoiy viloyat chempionati boʻlib oʻtdi. Kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti 2-bosqich talabasi Nurshohruh Ismoilov 85 kg. vaznda toifasida 🥇oltin medalini qoʻlga kiritdi.

N.Isroilov 3 karra Osiyo chempioni, 2 karra Jahon kubogida oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston sport ustasi va qora belbog’ sohibi hisoblanadi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
#LIVE #Ma‘fat_ulashib
#Online

⏳Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurgan ijodkorlar dastlab “Yashil makon” loyihasi doirasida institut rektori Bahodir Sobirov bilan birgalikda daraxt ekishdi. So‘ng kitoblar yarmarkasi hamda talabalarning rasmlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

™️:@NavDPI_Rasmiy
#LIVE #Ma‘fat_ulashib

⚡️Ayni daqiqalarda Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Adiblar bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tmoqda.

@NavDPI_Rasmiy