NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#LIVE #ONLINE

⏳Ayni daqiqalarda Navoiy davlat pedagogika institutida “Iqtidorli yoshlar — intellektual, ijodiy elitaning yaratishning kafolati: akademik mobillik va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida talabalar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda

Tadbirni Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov ochib berdi.

@NavDPI_Rasmiy
#LIVE #ONLINE

⚡️Anjumanda Navoiy davlat pedagogika institutidan va respublikamizning boshqa oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, talabalar, shuningdek, xorijlik mutaxassislar ishtirok etmoqda.

@NavSPI_official
👍2
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: taklif va tashabbus


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, imtiyozlar haqida to‘xtalib, talaba-yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishlari, aniq maqsad sari harakat qilishlari, doimiy izlanishda boʻlishlari lozimligi qayd etildi.

Shu bilan birga, talabalar tomonidan ham bir qator takliflar ilgari surilib, ularning aksariyati qo‘llab-quvvatlandi. Ba’zi takliflar o‘rganilib, nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida esdalik uchun fotosuratlar olindi.

Bizni kuzatishda davom eting


™️:@NavDPI_Rasmiy
#Tashrif

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shohrux Daliyev “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazi faoliyati bilan tanishdi.

Markazda qilinayotgan va amalga oshirilgan loyihalar haqida xodimlar tomonidan maʼlumotlar berildi.

Xususan, markaz xodimi Oybek Abduraimov tomonidan yangi loyiha “Ilm Nuri. “Inkluziv taʼlim platformasi” ning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat soʻnggida vazir oʻrinbosari markaz xodimlariga bir necha takliflarni berdi va kelgusidagi faoliyatlariga omad tiladi.

@NavDPI_Rasmiy