NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Xalqaro_festival

Ingliz tili va adabiyoti fakultetida an’anaviy Xalqaro madaniyat festivali oʻtkazildi

⚡️Fakultet professor-oʻqituvchi va tyutorlari hamda 2-bosqich talabalari ishtirokida tashkil etilgan festivalda O‘zbekiston, Fransiya, Koreya, Amerika, Meksika, Xitoy, Tojikiston, Italiya, Ozarbayjon, Hindiston, Braziliya, Gretsiya, Saudia Arabistoni, Ispaniya, Misr va boshqa bir qator davlatlarning urf-odatlari, madaniyati, milliy taomlari, kuy va qoʻshiqlari aks ettirilgan chiqishlar namoyish etildi.

Talabalar 3 shart boʻyicha bellashib, yakunda ishtirokchilar faxriy 1-,2- va 3-o‘rinlar bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official
#Xalqaro_konferensiya

Navoiy davlat pedagogika institutida “Iqtidorli yoshlar — intellektual, ijodiy elita yaratishning kafolati: akademik mobillik va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Anjumanda yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalari, shuningdek Keniya, Ruminiya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon va boshqa bir qator mamlakatlar hamda nufuzli universitetlar olimlari ishtirok etib, mavzuning dolzarb masalalari muhokama qilindi va uning ilmiy-amaliy yechimlari boʻyicha takliflar qabul qilindi.

Konferensiyaga 100 ga yaqin oliy oʻquv yurtlaridan 800 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushdi.

✍️Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati


Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube
#Maqola

📰“Знамя дружбы” gazetasining 2024-yil 25-apreldagi 17-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmatining “Современные тенденции преподавания физики” nomli maqolasi chop etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
#Eʼlon

“Ma’rifat ulashib” loyihasi

📚Talaba yoshlarning badiiy savodxonlik darajasini oshirish va kitobxonlikka jalb qilish maqsadida respublikamiz bo‘ylab “Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 27-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

⏱Loyiha o‘tkazilish vaqti: 27-aprel soat 14:30

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official