NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Xalqaro_konferensiya

Navoiy davlat pedagogika institutida “Iqtidorli yoshlar — intellektual, ijodiy elita yaratishning kafolati: akademik mobillik va xalqaro hamkorlik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Anjumanda yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talabalari, shuningdek Keniya, Ruminiya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon va boshqa bir qator mamlakatlar hamda nufuzli universitetlar olimlari ishtirok etib, mavzuning dolzarb masalalari muhokama qilindi va uning ilmiy-amaliy yechimlari boʻyicha takliflar qabul qilindi.

Konferensiyaga 100 ga yaqin oliy oʻquv yurtlaridan 800 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushdi.

✍️Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati


Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube
#Maqola

📰“Знамя дружбы” gazetasining 2024-yil 25-apreldagi 17-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmatining “Современные тенденции преподавания физики” nomli maqolasi chop etildi.

Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
#Eʼlon

“Ma’rifat ulashib” loyihasi

📚Talaba yoshlarning badiiy savodxonlik darajasini oshirish va kitobxonlikka jalb qilish maqsadida respublikamiz bo‘ylab “Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 27-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

⏱Loyiha o‘tkazilish vaqti: 27-aprel soat 14:30

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official
Koordinatorlar bilan uchrashuv

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov bilan fakultet koordinatorlari uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Jarayonda yetakchilarning olib borayotgan faoliyati koʼrib chiqildi hamda oʼtkazilayotgan tadbirlar, tanlovlar haqida axborot berildi. Kelgusidagi rejalar boʼyicha koʼrsatma va takliflar berib o‘tildi.

Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
Fakultet dekanlari bilan yigʻilish oʻtkazildi

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov ayrim boʻlim boshliqlari hamda fakultet dekanlari bilan navbatdagi yigʻilishni olib bordi.

Yigʻilishda talabalarning sport sinovlari boʻyicha elektron platforma my.sport.uz hamda adm.sport.uz portaliga ariza topshirishlari holati muhokama qilindi. Boʻlim boshliqlariga o‘z faoliyatlari yuzasidan taqdimot qilish topshirigʻi berildi.

Telegram
|Nspi.uz| Facebook |YouTube
#Jarayon #Ma’rifat_ulashib

Institutda “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar davom etmoqda

Bugun Navoiy davlat pedagogika institutiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev tashrif buyurdi. Ijodkor doira sadolari ostida, institut rektori Bahodir Sobirov boshchiligida tantanali kutib olindi.

Dastlab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, institut yer maydonida qo‘llar duoga ochilib, yaxshi niyatlar bilan daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
#Ma’rifat_ulashib

“Ijodkor va talabalar uchrashuvi”: ochiq muloqot, dildan suhbat


⚡️Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida NavDPI talabalari bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev uchrashuvi tashkil etildi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan tadbirda ijodkorning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to’plamlari, tarjimalari haqida batafsil so‘z bordi. Adib Yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlarni, islohotlarni, ibratli ishlarni, yaxshi va mehrli ijodkorlarni ilhom bilan gapirib berdi. Uchrashuv davomida talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi.

Tadbir yakunida ijodkorga institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, Qatag’on qurbonlari muzeyi bo‘ylab sayohat qilindi.

@NavDPI_Rasmiy
👍1