NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Ma’rifat_ulashib

“Ijodkor va talabalar uchrashuvi”: ochiq muloqot, dildan suhbat


⚡️Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida NavDPI talabalari bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev uchrashuvi tashkil etildi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan tadbirda ijodkorning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to’plamlari, tarjimalari haqida batafsil so‘z bordi. Adib Yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlarni, islohotlarni, ibratli ishlarni, yaxshi va mehrli ijodkorlarni ilhom bilan gapirib berdi. Uchrashuv davomida talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi.

Tadbir yakunida ijodkorga institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, Qatag’on qurbonlari muzeyi bo‘ylab sayohat qilindi.

@NavDPI_Rasmiy
👍1
#Yangi_nafas
#marafon

Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi “Yangi nafas” yugurish marafonida faol ishtirok etdi

🏃Bugun Respublikamiz bo‘ylab, “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shoiri ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy shahrida ham yuqori saviyada tashkil etilgan marafonda institutimiz jamoasi faol ishtirok etdi.


@NavDPI_Rasmiy
👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺#OAV_nigohida

“Iqtidorli yoshlar — intellektual, ijodiy elita yaratishning kafolati: akademik mobillik va xalqaro hamkorlik masalalari”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tafsilotlari “Diyor 24” axborot dasturida


™️:@NavDPI_Rasmiy
DIQQAT E'LON ‼️

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 19-bandiga muvofiq, HEMIS axborot tizimi orqali anonim so'rovnoma o'tkazish yo'li bilan oliy ta'lim muassasalarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingini aniqlash amaliyotini yo'lga qo'yish vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan 29- va 30-aprel kunlari Navoiy davlat pedagogika institutining barcha professor-o'qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalarini https://survey.hemis.uz sayti orqali mazkur so'rovnomada faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹#OAV_nigohida #Ma’rifat_ulashib

Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi raisi, shoir Bahriddin Sadriddinov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh talabalar bilan uchrashdi.

🎞Tafsilotlar “Diyor 24” axborot dasturida

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official