NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#LIVE

⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutining navbatdagi Kengash yig’ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig’ilishni Kengash raisi, institut rektori, professor Bahodir Sobirov olib bormoda.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavSPI_official
#Sport

🏃Jismoniy tayyorgarlik sinovlari davom etmoqda

Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish maqsadida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan Tarix, Tabiiy fanlar, Tibbiyot, Rus va qozoq filologiyasi, San’atshunoslik fakultetlari talabalari belgilangan normativlarni topshirishdi.

Ma’lumot uchun, sport sinovlari yakunida yosh toifasiga qarab belgilangan talablar bo‘yicha natijalarga ko‘ra ishtirokchilar I, II hamda III darajaga ega bo‘lishadi. 10-mayga qadar jami 7072 nafar talaba maxsus sport sinovlarini bajarishi belgilangan.

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official
#Tadbir

Tarix fakultetida “Jadidlar yodi soʻnmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda talabalar tomonidan jadid bobolarimizning hayoti va ijodi boʻyicha sahna koʻrinishlari va ijodidan maʼlumotlar berib oʻtildi.

Tadbirda Xotin-qizlar boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova, institut psixologi D.Abduraimova, fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

@NavDPI_Rasmiy
#Xotira

So‘nmas yulduzlar


O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida O‘zbekiston Qahramonlari: O‘zbekiston va Qoraqalpog'iston Xalq shoiri Ibroyim Yusupov va Qoraqalpog’iston Xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovlar tavalludining 95 yilligiga bag’ishlangan “Sónbes juldızlar“ (So'nmas yulduzlar) nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda har ikkala ijodkor adabiy merosining o‘ziga xos jihatlari iqtidorli talabalarning badiiy chiqishlari, diltortar taronalari orqali ifoda etildi.

™️:
@NavDPI_Rasmiy