NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#9_may #sharaf_lentalari

“SHARAF LENTASI” ULASHISH AKSIYASI DAVOM ETMOQDA

🎗Navoiy davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Sharaf lentasi” ulashish aksiyasi tashkil etildi.

Aksiya doirasida institut professor-o‘qituvchilari, ischi-xodimlar va talabalarga sharaf lentalari tarqatildi.
———-

👀Bizni kuzatib boring

™️:@NavDPI_Rasmiy
#Xotira_ulug’_qadr_muqaddas

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan ma’rifiy tadbirlar

Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti jamoasi uzoq yillar “Maktabgacha taʼlim” kafedrasida mehnat qilngan faxriy ustoz Ochiloy Ibodullayeva xonadoniga tashrif buyurib, dildan suhbat qurdilar.

San’atshunoslik fakulteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari faxriy pedagog-ustoz X.Bobomirzayev holidan xabar oldilar.

Rus va qozoq filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Pirnazar bobo Turdiyev xonadoniga tashrif buyurib, bayram bilan tabrikladilar. Shuningdek, Konimex tumani Guliston ko‘chasida istiqomat qilayotgan onaxon Gulbaram Baymanova xonadonida ham bo‘lib, bayram bilan qutlashdi.

O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘tkazilgan tadbirda Ikkinchi Jahon urushi mehnat faxriysi Ochil bobo Ismatov ishtirok etdi.

Bizni kuzating:


@NavDPI_Rasmiy
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Diyor 24” informatsion dasturida Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Xurshid Qurbonov hamda “Qalqon” guruhi sardori Quvonchbek Toshmurodovlar “Xotira — ulug’, qadr — muqaddas” haqida so‘z yuritdilar.

@NavDPI_Rasmiy
#markaziy_nashr

📰9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Pravda Vostoka” gazetasining 10-may, №90-sonida Navoiy davlat pedagogika institutining bayram tabrigi chop etildi.

👉@NavDPI_edu_uz
#XOTIRA_BOR_EKAN_MILLAT_BARHAYOT

INSTITUTDA “XOTIRA TURNIRI” O‘TKAZILDI

🎗9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi, Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti hamda 20022-harbiy qism hamkorligida “Xotira turniri” tashkil etildi.

Murosasiz va shiddatli tarzda o‘tgan bahslarda, Navoiy harbiy gornizoni orkestrining vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari yoshlarga kayfiyat ulashdi.

Faol ishtiokchilarga esa esdalik sovg’alari topshirildi.

———
👀Bizni kuzatib boring


™️:@NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹#OAV_nigohida

Ma’rifat bayrog’in tutgan jadidlar


🏛Navoiy davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi hamda Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi hamkorligida “Ma’rifat bayrog’in tutgan jadidlar!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar tomonidan jadid allomalarimizning siymosi, ularning hayoti va faoliyati, o‘sha davrdagi ta’lim–tarbiya, maktablar hayotiga oid sahna ko‘rinishlari, qo’shiq, sher va raqslar ijro etildi.


👀Bizni kuzating:


@NavSPI_official
#Xizmat_safari

🇺🇿🇫🇮Finlandiyaga ta’lim safari: uzluksiz ta'lim tizimi, o‘qitish metodikasi, mustaqil ta’lim jarayonlari bilan tanishilmoqda


Ayni kunlarda yurtimizning 10 ga yaqin Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari Finlandiyada malaka oshirmoqda. Mazkur malaka oshirish kurslarida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi Farrux Yuldoshevlar ishtirok etib, tajriba orttirishmoqda.

Safar dasturiga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi Finlyandiya maktablari faoliyati va oliy taʼlim tizimi bilan tanishib, kelgusida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari ko‘zda tutilgan.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube
👍1