NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

HAMKORLIK KO‘LAMI KENGAYMOQDA


Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Olmaota texnologiya universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, ikki oliy ta’lim muassasalari hamkorligida ilmiy metodik konferensiyalar tashkil etish, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, darslik va metodik materiallar tayyorlash, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va zamonaviy ilmiy-metodik dasturlarni amaliyotga keng joriy etish kabi hamkorlik ishlari olib boriladi.

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞#OAV_nigohida

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim hamda Sanʼatshunoslik fakultetlari masʼullari hamda talabalari Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchisi 104-yoshli Pirnazar Turdiyev xonadonida bo‘lishdi.

Shuningdek, uzoq yillar Maktabgacha taʼlim kafedrasida mehnat qilgan faxriy ustoz Ochiloy Ibodullayeva xonadoniga Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurib, dildan suhbat qurdilar.


@NavDPI_Rasmiy
#Haftalik_dayjest

Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyatidagi muhim xabar va yangiliklar tafsiloti qisqa satrlarda (06.05 — 11.05.2024)


Aniq va tabiiy fanlardan umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun 3 turli institut olimpiadasi
o‘tkazildi.
—
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan xotin-qizlar uchun Samarqand shahriga sayohat
uyushtirildi.
—
“Jadidlar yodi so‘nmagay” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
o‘tkazildi.
—
Talaba qizlar bilan rahbar xotin-qizlar uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi.
—
Jismoniy madaniyat fakultetida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida davra suhbati
tashkil etildi.
—
Akademik litsey o‘quvchisi $380 ming dollarlik grant sohibi bo‘lib, muddatidan avval xorijning nufuzli universitetlariga o‘qishga
qabul qilindi.
—
9 nafar maktab bitiruvchisi oliygohga o‘qishga qabul qilinadigan
bo‘ldi.
—
“Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati
bo‘lib o‘tdi.
—
“Munozara” turnirining viloyat bosqichida talabalarimiz 1-o‘rinni
qo‘lga kiritdi.
—
Finlandiyaga ta’lim safari: uzluksiz ta’lim tizimi, o‘qitish metodikasi, mustaqil ta’lim jarayonlari bilan
tanishilmoqda.
—
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi, Turizm fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari X. Ochilova talabalarga amaliy mashg’ulot
olib bordi.
—
Hamkorlik memorandumi
imzolandi.
—
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar:
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8.

✍️Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati


™️:
@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
👍2
🔴 Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi OGOHLANTIRADI:

🔺 Institutda o‘tkazilayotgan imtihonlar jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashga amal qilish
🔺 Ushbu jarayonda professor-o‘qituvchilarning baholash faoliyatiga ichki va tashqi noqonuniy ta'sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik
🔺 Moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishdagi korrupsion uzatmalardan chetlanish
🔺 Korrupsion holatlarga duch kelganda zudlik bilan bo‘limga xabar berish!

✅ Hurmatli professor-o‘qituvchilar hamda talabalar! Ushbu illatdan yiroq bo‘lib Institutning korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasizlik madaniyatini yuksaltirishda o‘z xissangizni qo‘shing.

☎️ +998 93 460 77 55
+998 91 988 98 21

™️:@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞#OAV_nigohida

🎗9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Matematika-informatika va Fizika-texnologiya fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.

Yoshlar mahallalardagi mehnat faxriylari bilan uchrashib, ularning hayot yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir davomida talabalar o‘tganlar xotirasini yodga olib “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yishdi.


Bizni kuzatib boring:
@NavSPI_official
👍1
⚡️⚡️Dotsent ilmiy unvoni bilan tabriklaymiz!


™️:@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
#Jarayon

Oila mustahkamligi — jamiyat tinchligining garovi


⚡️15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Tarix fakulteti hamda Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi hamkorligida “Oila mustahkamligi — jamiyat tinchligining garovi” mavzusida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultet talaba qizlarining milliy hunarmandchilik namunalari koʻrgazmasi, raqslar, sherlar namoyish etildi. Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi yetakchi mutaxassisi N.Oʻroqova tomonidan kelin salom, lachak kiyish marosimining ahamiyati xususida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi”, “Oila institutini mustahkamlashning qonunchilik asoslari” kabi mavzularda maruzalar qilindi. Jarayonda institut xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Tursunova, kengash a’zolari Z.Ahmedova, G.Sultonova, fakultet tyutori A.Xolova, muzey ekskursovodi K.Qurbonova hamda talabalar ishtirok etdi.


————————-

@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon #Mehnat_yarmarkasi

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir avvalida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha fikrlarini bildirdi. Mehnat yarmarkasida Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, uning hududiy boʻlimlari, sport boshqarmasi va boshqa ish beruvchi hamkor tashkilotlar o‘zlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdilar. Bitiruvchi kurs talabalari ixtisosliklari boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishib, ma’qul ko‘rgan taʼlim tashkilotlariga ishlash istagini bildirishdi hamda ishga joylashish boʻyicha masʼullar bilan shartnoma imzoladilar
.

👀Bizni kuzatib boring


™️:@NavDPI_Rasmiy