NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Karyera_kuni

Mehnat yarmarkasida bitiruvchilar ish bilan ta’minlanadigan bo‘ldi


Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi hamda fakultetlar hamkorligida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda uning tuzilmasidagi bo‘limlar, madaniyat boshqarmasi, sport boshqarmasi, shuningdek, boshqa hamkor tashkilot va muassasalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Bitiruvchi kurs talabalari ixtisosliklari bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishib, taʼlim tashkilotlariga ishlash istagini bildirishdi, xususan, 27 nafar bitiruvchi ishga joylashish bo‘yicha tashkilotlar bilan shartnoma imzoladi.

Institutni 27 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha 4250 nafar talaba tamomlamoqda. Shundan 759 nafari davlat granti va 3491 nafari toʻlov-shartnoma asosidagi bitiruvchilarni tashkil etadi. Bugungi kunda 403 nafar bitiruchilar ham oʻqib, ham rasmiy ish bilan ta’minlangan.


™️:@NavDPI_Rasmiy
#Xotira

Bugun — Navoiy davlat pedagogika institutining birinchi rektori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi, falsafa fanlari doktori, professor Rahmonov Ravshan Raxmonovich 1943-yil 15-mayda Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tavallud topgan.

Ravshan Rahmonov 1983-yilda Navoiy davlat pedagogika institutiga asos solib, 2004-yilga qadar mazkur dargohni rektori bo‘lib faoliyat yuritgan. Bu yil marhum ustozni tavalludiga 81 yil toʻldi.

👉Batafsil

Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube
GULINADAN YANA BIR MEDAL

2024-yilning 10-14-may kunlari Qozogʻistonning Aktau shahrida sportning Sambo turi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Irlandiya, Hindiston, Eron, Tojikiston, Mangoliya, Indoneziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlaridan kelgan sportchilar qatorida Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Gulina Oblaqulova 72 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, 2-o'rin - kumush medalini qo‘lga kiritdi.

@NavDPI_Rasmiy
🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Mehnat yarmarkasida bitiruvchi kurs talabalari ish bilan ta’minlandi

Navoiy davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida bitiruvchi kurs talabalari ishga joylashish maqsadida tashkilotlar bilan shartnoma tuzdi.

📺Bu haqda Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi “Diyor 24” so‘z yuritadi.

Bizni kuzating

™️:@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

“Milliy qadriyatlar sayli” festivaliga start berildi

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida “Milliy qadriyatlar sayli” festivalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir dastlab Davlat madhiyasi bilan boshlanib, Hazrat Alisher Navoiy haykali atrofida davom etdi. Unda Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalarining badiiy chiqishlari namoyish etildi, shoirning gʻazallaridan namunalar oʻqildi.

Festival doirasida sport oʻyinlari, zakovat bahslari, rasmlar va liboslar koʻrgazmalari, kitob yarmarkasi va boshqa shu kabi koʻngilochar dasturlar oʻtkaziladi.


👀Bizdan oʻzoqlashmang:


@NavDPI_Rasmiy
#OAV_nigohida

📰“Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining 2024-yil 16-maydagi 20-soni nashrdan chiqdi


Navoiy viloyati hokimligi muassisligidagi “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining ushbu sonida, NavDPI rektor yordamchisi A.Sultonovning “Talabalarning sport sinovlari yakunlandi” sarlavhali hamda filologiya fanlari nomzodi G.Norovaning “Milliy qadriyatlar — mustahkam oila tayanchi” nomli maqolalari chop etildi.

Bizni kuzating

™️:@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_reportaj

📹 Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida “Milliy qadriyatlar” festivalining ochilish marosimidan lavha.

👀Bizni kuzatishda davom eting


™️:@NavDPI_Rasmiy
Navoiy davlat pedagogika institutida tuman (shahar) hokimliklarining mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari boʻlib oʻtmoqda

▫️Dastlabki kunda tinglovchilar “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati”, “Yoshlarga oid davlat siyosatini mahallabay joriy etish mexanizmlari”, “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal qilish yoʻllari” kabi mavzularni tinglashdi.

6 ta yoʻnalish boʻyicha boʻlib oʻtadigan oʻquv kursi mashgʻulotlari Navoiy davlat pedagogika institutini professor-oʻqituvchilari hamda amaliyotchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official