NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Jarayon

“Milliy qadriyatlar sayli” festivaliga start berildi

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari ishtirokida Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida “Milliy qadriyatlar sayli” festivalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir dastlab Davlat madhiyasi bilan boshlanib, Hazrat Alisher Navoiy haykali atrofida davom etdi. Unda Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalarining badiiy chiqishlari namoyish etildi, shoirning gʻazallaridan namunalar oʻqildi.

Festival doirasida sport oʻyinlari, zakovat bahslari, rasmlar va liboslar koʻrgazmalari, kitob yarmarkasi va boshqa shu kabi koʻngilochar dasturlar oʻtkaziladi.


👀Bizdan oʻzoqlashmang:


@NavDPI_Rasmiy
#OAV_nigohida

📰“Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining 2024-yil 16-maydagi 20-soni nashrdan chiqdi


Navoiy viloyati hokimligi muassisligidagi “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasining ushbu sonida, NavDPI rektor yordamchisi A.Sultonovning “Talabalarning sport sinovlari yakunlandi” sarlavhali hamda filologiya fanlari nomzodi G.Norovaning “Milliy qadriyatlar — mustahkam oila tayanchi” nomli maqolalari chop etildi.

Bizni kuzating

™️:@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_reportaj

📹 Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida “Milliy qadriyatlar” festivalining ochilish marosimidan lavha.

👀Bizni kuzatishda davom eting


™️:@NavDPI_Rasmiy
Navoiy davlat pedagogika institutida tuman (shahar) hokimliklarining mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari boʻlib oʻtmoqda

▫️Dastlabki kunda tinglovchilar “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati”, “Yoshlarga oid davlat siyosatini mahallabay joriy etish mexanizmlari”, “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal qilish yoʻllari” kabi mavzularni tinglashdi.

6 ta yoʻnalish boʻyicha boʻlib oʻtadigan oʻquv kursi mashgʻulotlari Navoiy davlat pedagogika institutini professor-oʻqituvchilari hamda amaliyotchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
📸#Fotoreportaj

Milliy qadriyatlar festivali

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavDPI_Rasmiy