NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#seminar

O‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi


13-16-may kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bazasida pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari, yetakchi mutaxassislari, kadr iste’molchilari va xalqaro mutaxassislar ishtirokida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻquv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur o‘quvlarda Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi.

Bizdan uzoqlashmang:


™️:@NavDPI_Rasmiy|
TALABALAR TARIXIY OBIDALAR BILAN YAQINDAN TANISHDILAR


Talaba yoshlarni hududlarimiz tarixi va ajdodlarimiz hayoti bilan yaqindan tanishtirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuyg’ularini mustahkamlash maqsadida Tarix fakulteti tyutorlari va talabalari Karmana tumanida joylashgan Mavlono Orif Deggaroniy ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.

Ekskursiya davomida talabalar obidalarning noyob arxitekturasi, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati, muzeyning yaratilish tarixi yuzasidan qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Oʻtganlarning ruhiga bagʻishlab Qurʼon tilovat qilindi.

Bizni kuzatib boring


™️:@NavDPI_Rasmiy|
“MA’RIFIY TARG’IBOT” O‘QUV KURSI TASHKIL ETILDI


Navoiy viloyatidagi oliy ta’lim, akademik litsey va professional ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar xodimlari va tyutorlar uchun Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifiy targ’ibot” mavzusida o‘quv kursi o‘tkazildi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor X.Qurbonov hamda dekan o‘rinbosari N.Umarovlar tomonidan “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak”, “Bugungi dunyoning siyosiy-mafkuraviy manzarasi va yoshlarda vatanparvarlik g’olayalarini shakllantirish” kabi mavzularda hayotiy misollar bilan fikr-mulohazalar yuritildi.

Bizdan uzoqlashmang:


Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube
Axborot-resurs markazi xodimlari bayram munosabati bilan taqdirlandi


Ma’lumki, har yili Mamlakatimizda 21-may — Axborot-resurs markazi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Xususan, mazkur sana munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida ham turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Bugun soha mutaxassislariga Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining esdalik sovg’alari va bayram tabrigi yetkazildi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov kasb egalarini bayram bilan qutlar ekan, institutda axborot-resurs markazining o‘rni, uning ahamiyati, davlatimiz tomonidan sohaga ko’rsatilayotgan e’tibor, ularning mashaqqatli va sharafli faoliyati haqida fikrlar bildirildi. Shu jumladan, turli yo‘nalishlarda ARM xodimlarining qo’shayotgan hissalari yuksak baholandi. Ko’p yillardan beri samarali mehnat qilib kelayotgan bir qator kutubxonachilarga institut rektorining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg’alari topshirildi.

Bizdan uzoqlashmang


™️:@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Navoiy viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi F.Toʻxtayev, NavDKTU rektori B.Mardonov, viloyat Sport boshqarmasi boshligʻi J.Murtazoyev va tegishli masʼullar bilan uchrashdi.

Unda 23-26-may kunlari Navoiy viloyati mezbonlik qiladigan basketbol va shaxmat sport turlari boʻyicha talabalar ligasi musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi va dasturi koʻrib chiqildi hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Bizni kuzating

™️:@NavDPI_Rasmiy
REKTOR VA SPORTCHILAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI


🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov bilan sportchi talabalar uchrashuvi tashkil etildi.

Institut rektori joriy yilning 23-26 may kunlari respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladigan talabalar ligasi sport musobaqalarida ishtirok etadigan terma jamoamiz talabalari va ularning murabbiylariga oldinda kuchli raqobat, masʼuliyat borligi va shu bilan birga institut shaʼnini munosib himoya qilishlari kerakligi toʻgʻrisida tavsiyalarini berdi, har bir sportchi bilan birma-bir ko‘rishib, omad tiladi.

Bizni kuzatib boring


™️:@NavDPI_Rasmiy