NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#xalqaro_anjuman

ANJUMANDA 200 DAN ORTIQ ILMIY MAQOLALAR KELIB TUSHDI


🏛Navoiy davlat pedagogika institutida ilk marotaba “Fan, texnika, tabiiy fanlar, texnologiya va raqamli taʼlimni rivojlantirish istiqbollari “ASEDU-IV 2024” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Unda Rossiya Federatsiyasining bir qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari vakillari onlayn tarzda ishtirok etdi.

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov rahbarligida oʻtkazilgan xalqaro anjumanda institut hamda respublikamizning yetakchi oliygohlaridan ilmiy-tadqiqotchilar, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, shuningdek, Sankt-Peterburg universiteti o‘qituvchisi Anastasiya Pivovarova, Krasnoyarsk fan va texnika ilmiy markazi direktori Igor Kovalyov va boshqa olimlar ilmiy maʼruzlari, taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, mazkur konferensiya materiallari AQSHning AIP xalqaro “Scopus” ilmiy jurnalida indeksatsiyalanadi.


Bizni kuzatib boring
™️:@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining oʻn ikkinchi yigʻilishi boshlandi.

⚡️Yigʻilish avvalida talabalar va ularning rahbarlari aniq va tabiiy fanlar boʻyicha institut miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadasidagi munosib ishtiroki uchun 1-,2-,3 darajali diplom hamda pul mablagʻlari bilan taqdirlanishdi.

™️: @NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
#LIVE

⚡️Kengash avvalida, shuningdek, Akobirov Shuhrat Razitdinovichga “O‘zbekiston ta’lim” jurnali tahririyatining “Ehtirom” medali va guvohnomasi topshirildi.

@NavDPI_Rasmiy