NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
HUQUQ-TARTIBOT ORGANLARI ISHTIROKIDA PROFILAKTIK TADBIR OʻTKAZILDI

Navoiy davlat pedagogika institutida huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda JIB Navoiy shahar sudi sudyasi M.Kamolov, Navoiy shahar prokurori oʻrinbosari F.Tursunov, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi masʻul vakillari N.Toshev, E.Sayfullayev hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari T.Normurodov, F.Safarovlar qatnashib, korrupsiyani oldini olish, qabul jarayonlarini sifatli tashkil etish, sohada uchrab turayotgan muammolar va ularning natijalari xususida to‘xtalishdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokichilariga oliy taʼlim muassasidagi ijobiy oʻzgarishlar, yutuqlar haqida maʼlumot berildi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
INSTITUTDA YAKUNIY DAVLAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti Qoraqalpoq tili va adabiyoti yo‘nalishi bitiruvchilariga yakuniy davlat attestatsiya sinovlari o‘tkazildi.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisi — Buxoro davlat universiteti professori B.Qilichev, komissiya raisi o‘rinbosari dotsent A.Allaberdiyev, a’zolar: professor A.Xolmurodov, katta o‘qituvchi K.Narbayeva.

Ma’lumot uchun, bu yil O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti Qoraqalpoq tili va adabiyoti yo‘nalishini 11 nafar bitiruvchi tamomlamoqda. Shundan 7 nafari davlat granti, 4 nafari to‘lov-shartnoma asosidagi talabalardir.

Bizdan uzoqlashmang:

👉@NavDPI_Rasmiy|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamlorlik #Malaka_kursi

Professor-oʻqituvchilar xorijda malaka oshirmoqda


Ayni kunlarda Navoiy davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari: G. Xalikova, A. Raxmonova va Z. Roʻziyevalar TOP-1000 talik reytingiga kirgan Sankt-Peterburg davlat universitetida malaka oshirmoqdalar.

™️:@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⏳Birozdan so‘ng Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bellashuvi boshlanadi.

👀Bizdan uzoqlashmang:

@NavDPI_Rasmiy
👍1
#QVZ

INSTITUTDA “QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” TANLOVINING 2024-YIL MAVSUM CHEMPIONLARI ANIQLANDI

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va Zukkolar“ tanlovining final o‘yini bahslari o‘tkazildi.

Finalda Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Federiko fellini”, Matematika-informatika fakultetining “Qalqon”, Jismoniy madaniyat fakultetining “Azia star”, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Filolog bojalar” jamoalari ishtirok etib, 3 ta shart boʻyicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra 3-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakultetining “Azia star” jamoasi (4 mln. so‘m), 2-o‘rinni Matematika-informatika fakultetining “Qalqon” jamoasi (6 mln. so‘m) hamda 2024-yil mavsum chempioni — 1-o‘rinni O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Filolog bojalar” jamoasi (8 mln. so‘m) qo‘lga kiritdi.

Tadbirda institut rahbariyati, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va 600 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.


🌐™️:@NavDPI_Rasmiy
Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari qo‘shni Qozog’iston Respublikasida malaka oshirishdi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori 3.7-ILOVAsining ijrosi bo`yicha   Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Axatova Durdona Aktamovna va o`qituvchisi Mamirova Zulxumor Narbayevna 2024 yilning 13-maydan 13-iyunigacha 144 soatlik malaka oshirish kursiga qabul qilindi.

3-maydan-25-maygacha Muhtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universitetida malaka oshirib qaytishdi. 27-maydan-13-iyunga qadar darslar onlayn tarzda davom etmoqda
.

™️:@NavDPI_Rasmiy