NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Rahbar va bitiruvchilar uchrashuvi

Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda institut rektori B.Sobirov soʻz olib, uchrashuvning ahamiyati haqida batafsil to‘xtaldi.

Shundan soʻng Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi R.Hayitova soʻzga chiqib, bugungi kunda maktab oʻqituvchilariga qoʻyilayotgan talabalar, ularga berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi.

Uchrashuvda fakultet dekanlari, tumanlardan kelgan boʻlim boshliqlari ham soʻzga chiqib oʻzaro fikr almashishdi.

Shu bilan birga bitiruvchilar o‘z takliflari, murojaat va mulohazalarini rahbarlarga bildirishdi. Jumladan, bitiruvchilarning portfoliosini shakllantirish, olis maktablarda oliy ta’lim muassasalarini targ‘ibot qilish kabi takliflarni ilgari surishdi.
Murojaat qilgan 2 nafar bitiruvchi ishga qabul qilindi.

Bizni kuzating:

@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

“RAHBAR VA BITIRUVCHILAR” UCHRASHUVIDAN


🎤Hamza Shodiyev,
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing:

Telegram |Nspi.uz| Facebook |YouTube
“IYD AL-ADHO” — QURBON HAYIT BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

Telegram
| Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Navoiy davlat pedagogika instituti bitiruvchi talabalari uchun davlat attestatsiya sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

📺Tafsilotlar: Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi “Diyor 24” axborot dasturida

🌐@NavDPI_Rasmiy
Akademik litsey bitiruvchilariga diplom va medallar topshirildi

Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi Akademik litseyida “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!” nomli tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bitiruvchi o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari, litsey pedagog ustozlari hamda NavDPI O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G’.Yodgorov ishtirok etdi.

Joriy o‘quv yilida akademik litseyini 206 nafar o‘quvchi tamomladi. Shundan 76 nafari a’lo darajali diplom bilan mukofotlandi. Ularning 9 nafari muddatidan oldin nufuzli oliygohlarga o‘qishga kirgan bo‘lsa, 18 nafar bitiruvchi chet tillarini bilish darajasini aniqlovchi IELTS, 84 nafari milliy sertifikat sohiblaridir.


Bizni kuzating:
👉@NavDPI_Rasmiy
👍1
#DIQQAT_TANLOV

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga (serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi asosida) o‘qishga nomzodlar TANLOV E'LON qilinadi

▶️Batafsil
__________

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Малака ошириш институтининг касбий тайёргарлик факультетига (сержантлар таркибини тайёрлаш дастури асосида) ўқишга номзодлар ТАНЛОВ ЭЪЛОН қилинади
▶️Батафсил
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞#OAV_nigohida

«Ассалом, янги кун!». НДПИ ёшлар етакчиси Акмал Зокиров ва ёшлар иттифоқи фаоли Фаррух Султоновлар билан суҳбат.

@Navoiy_trk

Telegram|Nspi.uz| Facebook |YouTube