NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Saylov2024

HUDUDIY TRENERLARNING O‘QISH JARAYONLARI YAKUNLANDI

“Saylov komissiyalari a'zolarining malakasini oshirishni tashkil etish haqida”gi Markaziy saylov komissiyasining qarori ijrosini ta'minlash borasida Navoiy viloyatida ham tizimli ishlar tashkil etilgan. Xususan, joriy yilning 19 avgust sanasidan boshlab viloyatimizdagi  40 nafar trenerlar uchun Navoiy davlat pedagogika instituti binosida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari olib borildi.

O‘quv jarayonlariga Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirgan 
6 nafar Respublika trenerlari jalb etilgan bo‘lib, dars mashg‘ulotlari interfaol usulda pedagogik mahorat va siyosiy savodxonlik nuqtai nazaridan tashkil etildi. O‘quvlarda trenerlar saylov bo‘yicha o‘quv-amaliy qo‘llanma va boshqa tarqatma materiallar bilan ta'minlandilar.

Ushbu o‘quvlarga Hududiy saylov komissiyasi a'zolari ham jalb etilib, amaliy mashg‘ulotlar Navoiy shahridagi 16-umumiy o‘rtata'lim maktabi hamda Namunaviy saylov uchastkasida o‘tkazildi.

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining Matbuot markazi
NAVBATDAGI O‘QUV-AMALIYOT MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILMOQDA

Navoiy davlat pedagogika instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi tuman, shahar saylov komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari va kotiblari uchun saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Batafsil

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining Matbuot markazi
SAYLOV JARAYONI ISHTIROKCHILARINI SAYLOV QONUNCHILIGI BO‘YICHA TIZIMLI O‘QITISH DAVOM ETMOQDA

Saylov komissiyalari a'zolarining saylov qonunchiligi va saylovda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazilishini muvofiqlashtirish - saylov jarayoni ishtirokchilarini o‘qitishning zamonaviy mexanizmlari hisoblanadi.

Batafsil

Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasining
Matbuot markazi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ассалом, янги кун!». НДПИ проректори, тарих фанлари номзоди, Қатағон қурбонлари хотираси музейи раҳбари Хуршид Қурбонов билан суҳбат.
@Navoiy_trk
👍3