NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#OAV
#nspi_art_faculty

"Ruxsor bilan coffee break" ! San’atshunoslik fakultetining iqtidorli talabalari dastur mehmoni !!!


🎞 Navoiy davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti Yoshlar koordinatori, "Musiqa ta'limi va san'ati" yo'nalishi 2-bosqich magistranti Zafar Bekboyev, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, An'anaviy xonandalik hamda An'anaviy cholg‘u ijrochiligi yo'nalishi iqtidorli talabalari M.Mardiyeva, M.Hikmatova, E.Masharipova, B.Eraliyev, U.Zubayev, S.Erdonov hamda Sh.Sanokulovalar Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi “Ruxsor bilan coffee break" dasturi mehmoni bo'lishdi.

🎙 Dastur davomida ijodkor talabalarimiz o'zlarining jonli ijrodagi taronalari va Institutda talaba yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, "Creativ_Artist" va "Art_Stars" volontyor yoshlar jamoalarining so'nggi yillarda erishgan yutuqlari hamda yangi loyihalar borasidagi fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi.


🌐Bizni kuzatib boring

™️:
@nspi_art_faculty
Forwarded from Edu.uz
#dayjest #Maʼrifat_ulashib #Chellenj

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar shuningdek, bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda


✅Qoʻqon davlat pedagogika institutida ijodkorlar Nurillo Oston va Yahyo Togʻa ishtirokida talaba-yoshlar bilan davra suhbati;

✅Namangan davlat pedagogika institutida shoir Ziyovuddin Mansur hamda jurnalist va shoir Nosirjon Joʻrayev bilan ijodiy uchrashuv;

✅Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida bilimga chanqoq talaba-yoshlar oʻrtasida “Munozara” hamda “Viktorina” intellektual o’yinlari;

✅Namangan davlat chet tillari institutida el ardogʻidagi ijodkorlar Usmon Azim, Shuhrat Orif va Dadaxon Muhammadiyev ijodiga bagʻishlangan “Men yoqtirgan sheʼr” mavzusida sheʼrxonlik tanlovi;

✅Samarqand iqtisodiyot va servis institutida taniqli ijodkorlar Gulandom Togʻayeva, Alisher Boymurodov va Amir Xudayberdilarning hayoti va ijodiga bagʻishlangan zakovat intellektual oʻyinlari;

✅Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Muhtarama Ulugʻovaning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berish maqsadida adabiyotsevar yoshlar bilan adabiy uchrashuv;

✅Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida zamonamiz yozuvchilarining ijodlarini oʻrganish maqsadida professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida chellenj;

✅Guliston davlat universitetida taniqli adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan spektakl namoyishi va “Yoshlar oqshomi”;

✅Fargʻona davlat universitetida adabiyotga shaydo talaba-yoshlar ishtirokida Iqbol Mirzo qalamiga mansub “Bonu” romani asosida spektakl namoyishi;

✅Jizzax politexnika institutida loyihaga biriktirilgan taniqli adiblar: Nurali Qobil, Shahodat Isaxonova hamda Gulchehra Ibragimovalarning hayoti va ijodi haqida taqdimotlar;

✅Navoiy davlat pedagogika institutida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida “She’riyat–ko‘ngil tarjimoni” nomli adabiy-badiiy uchrashuv.

✅Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida orkestr sadolari orqali vatanparvarlikka undovchi musiqalar va turli bellashuvlardan iborat “Gulxan shou” tadbiri;

✅Buxoro muhandislik-texnologiya institutida taniqli san’at arboblari va adiblar Nurilla Choriyev, Alisher Mirzo hamda talaba yoshlar ishtirokida adabiy-ma'rifiy suhbat;

✅Toshkent kimyo-texnologiya institutida ijodkorlar Abdumajid Azimov, Norqobil Jalil va Nazar Eshqulov bilan birgalikda adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan film namoyishi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ассалом, янги кун!». НДПИнинг фаол ёшлари дастур меҳмони.
@Navoiy_trk
👍2
😁😊😊😁😁😁

Навоий давлат педагогика институтида “Очиқ давлат хизмати” тадбири ташкил этилди.

⚡️ Очиқ мулоқот руҳида ўтган учрашув давомида давлат фуқаролик хизматида ишлашнинг аҳамияти, қобилиятли шахсларни давлат фуқаролик хизматига меритократия тамойили асосида ишга қабул қилиш тизими, иқтидорли ва салоҳиятли ёшлар учун яратилган шарт-шароитлар ҳамда ёшларни давлат фуқаролик хизматига жалб этиш каби масалалар эътибор марказида бўлди.

✔️ Шунингдек, тадбир давомида “Эл-юрт умиди” жамғармаси томонидан ажратилаётган грантлар хусусида тақдимот қилиниб, стипендия танловларининг талаблари ва қандай қилиб Жамғарма стипендиясини қўлга киритиш мумкинлиги тўғрисида батафсил маълумотлар берилди.

🎯 Мақсад профессионал, чуқур билимга эга, замонавий фикрлайдиган ва ватанпарварлик руҳида тарбияланган янги авлод кадрларини шакллантириш, уларни излаб топиш, давлат фуқаролик хизматига жалб қилишдир.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


📝📝📝

Navoiy davlat pedagogika institutida “Ochiq davlat xizmati” tadbiri tashkil etildi.

⚡️ Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga meritokratiya tamoyili asosida ishga qabul qilish tizimi, iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb etish kabi masalalar e’tibor markazida bo‘ldi.

✔️ Shuningdek, tadbir davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ajratilayotgan grantlar xususida taqdimot qilinib, stipendiya tanlovlarining talablari va qanday qilib Jamg‘arma stipendiyasini qo‘lga kiritish mumkinligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

🎯 Maqsad professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish, ularni izlab topish, davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilishdir.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

👌Navoiy viloyati hokimligi muassisligidagi “Doʻstlik bayrogʻi” hamda “Знамя дружбы”gazetalarining №41-soni nashr etildi.

📰Gazetaning ushbu sonida dotsent G.Norovaning “Tilim sabab - tilimda bol!” hamda axborot resurs markazi xodimi S.Egamnazarovaning “Biblioteka - xranitel znaniy i istochnik vdoxnoveniya” sarlavhali maqolalari chop etildi. Shuningdek, gazetaning “E’lonlar” ruknida institutda lavozim muddati tugagan va bo‘sh lavozimlarni egallashda tanlov e’lon qilingan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM