NDU_NSU_NGU
391 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
🟦🟦🟦

🖼“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida adabiy uchrashuvlar o‘tkazildi

✅Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Normurod Norqobilov va O‘roz Haydar ta’lim muassasalarida bo‘lishdi.

✏️Dastlab Navoiy shahridagi 7- sonli hamda Navbahor tumanidagi 17-sonli maktablarda shoir va yozuvhilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Maktab o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda har ikkala ijodkorning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi haqida so‘z bordi. Shuningdеk, she’riy to’plamlari, hikoya va asarlaridan namunalar o‘qildi.
.
💬So‘ng Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan “Adiblar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda institut rahbariyati, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.
Adiblar yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlarni, islohotlarni, ibratli ishlarni, yaxshi va mehrli ijodkorlarni ilhom bilan gapirib berishdi. Uchrashuv davomida talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi.

✅Jarayonda ijodkorlar institut tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘ylab sayohat qilishdi. Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliygoh hududida daraxt ekildi. Shoirlar talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarni ham kuzatib, yoshlarga har jabhada omad tiladilar.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

😀“Маърифат улашиб” лойиҳаси доирасида таниқли шоир ва ёзувчилар иштирокида адабий учрашувлар ўтказилди

✅Ёшларни китоб мутолаасига жалб этиш, бадиий саводхонлик даражасини ошириш орқали уларни ватанпарварлик ва юртимиз келажагига дахлдорлик руҳида тарбиялашга қаратилган “Маърифат улашиб” лойиҳаси доирасида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзолари Нормурод Норқобилов ва Ўроз Ҳайдар таълим муассасаларида бўлишди.

✏️Дастлаб Навоий шаҳридаги 7- сонли ҳамда Навбаҳор туманидаги 17-сонли мактабларда шоир ва ёзувҳилар билан учрашув ўтказилди. Мактаб ўқувчилари билан бўлиб ўтган самимий суҳбатда ҳар иккала ижодкорнинг ибратли, шу билан бирга машаққатли ва мазмунли ҳаёт йўли, ижоди ҳақида сўз борди. Шунингдек, шеърий тўпламлари, ҳикоя ва асарларидан намуналар ўқилди.
.
📝Сўнг Навоий давлат педагогика институти талабалари билан “Адиблар ва ёшлар учрашуви” ташкил этилди. Тадбирда институт раҳбарияти, Ўзбек тили ва адабиёти факультети профессор-ўқитувчилари, талабалар иштирок этди.
Адиблар юртимиздаги улкан ўзгаришларни, ислоҳотларни, ибратли ишларни, яхши ва меҳрли ижодкорларни илҳом билан гапириб беришди. Учрашув давомида талабаларнинг ҳам фикрлари, ижод намуналари тингланди.

✅Жараёнда ижодкорлар институт тузилмасидаги Қатағон қурбонлари хотираси музейи бўйлаб саёҳат қилишди. Шунингдек, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида олийгоҳ ҳудудида дарахт экилди. Шоирлар талабалар ўртасида ўтказилган спорт мусобақаларни ҳам кузатиб, ёшларга ҳар жабҳада омад тиладилар.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟦🟦🟦 🟦🟦

🗣Bugun ovozli chat! Mavzu: “Xorijda o‘qish imkoniyatlari”

☑️Suhbat mehmoni – Buyuk Britaniyaning De Montfort universiteti farmatsevtik biotexnologiya yo‘nalishi magistranti, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi stipendiyasi sohibi – Mohinabonu Savurova.

O‘qishini xorijda davom ettirishga qiziquvchi barcha talaba-yoshlarni bugun soat 20:00 da @manaviyateduuz kanalida o‘tkaziladigan ovozli suhbatga taklif etamiz.

➡️ Ovozli chatga ulanish

⬇️Suhbat mehmoniga savollaringizni kommentda qoldirishingiz mumkin

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#konferensiya #maqolalar

“Dunyoqarashlar muloqoti: yoshlarning jamiyat kelajagiga munosabati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2024-yil 15-noyabr kuni “Dunyoqarashlar muloqoti: yoshlarning jamiyat kelajagiga munosabati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

Mazkur anjumanda barcha oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, magistratura va bakalavriat talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiyaga quyidagi yo‘nalishlarda maqolalar qabul qilinadi:
↪️Jamiyat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy hayotida yoshlarning o‘rni va ishtiroki;
↪️Yoshlarning dunyoqarashi: zamonaviy tendensiyalar va muammolar;
↪️Yangi O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy faolligini oshirishning ijtimoiy-psixologik, pedagogik masalalari;
↪️Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda ta’lim muassasalari, oila va mahalla hamkorligini rivojlantirish mexanizmlari.


Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha maqola va tezislarni 2024-yil 25-oktyabrga qadar Dildora Bekmatova (99-855-03-32 @dbekmatova) Telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#dayjest #Maʼrifat_ulashib

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda

✅Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

✅Toshkent davlat texnika universiteti;

✅Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

✅Andijon davlat universiteti;

✅Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

✅Nukus davlat pedagogika instituti;

✅Samarqand davlat tibbiyot universiteti;

✅Navoiy davlat pedagogika instituti;

✅Namangan to’qimachilik sanoati instituti;

✅Jizzax politexnika instituti;

✅O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali;

✅Xalqaro Vestminster universiteti;

✅Milliy estrada san’ati instituti;

✅Qoraqalpoq davlat universiteti;

✅Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

✅Nukus konchilik instituti;

✅Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

✅Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti;

✅Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;

✅Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

✅Andijon davlat chet tillari instituti;

✅O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

✅Osiyo texnologiyalar universiteti;

✅Toshkent tibbiyot akademiyasi;

✅Navoiy innovatsiyalar universiteti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

“Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay!” shiori ostida o‘tkazilgan rektor va magistrlar uchrashuvi Diyor 24 axborot dasturida xabar qilindi.

🌐Batafsil saytda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Qarshi davlat universiteti faoliyati bilan tanishdi

Oliygohda 13 ta fakultet, 45 ta kafedra mavjud boʻlib, 65 ta bakalavriat, 26 ta magistratura va 27 ta doktorantura ixtisosliklari bor. Shuningdek, 6 ta ilmiy kengash, 1 ta ilmiy markaz, 9 ta ilmiy va 25 ta oʻquv laboratoriyalari bor.

Tashrif doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muxiddin Kalonov universitetning Kimyo-biologiya, Fizika, Tibbiyot fakultetlarining oʻquv laboratoriyalari, Kutubxona, Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasi, Turizm amaliyot markazi, Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi (Talabalarga xizmat koʻrsatish markazi) faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Sifatli ta'lim uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy va innovatsion loyihalar haqida ma'lumot berildi.

Qarshi davlat universiteti taʼlim va tadqiqotga global yondashuvni qoʻllab-quvvatlovchi Oʻzbekistondagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Ayni tashrif ikki oliygoh o‘rtasida oʻquv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida uzoq istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlik koʻlamini rivojlantirishga xizmat qiladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

✅ Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM