NDU_NSU_NGU
391 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Dustlik bayrogi.uz
🔰 🔰 Читайте очередной №44 газеты “Знамя дружбы” от 1 ноября 2024 года.

▶️ Каналга обуна бўлиш: 👇👇
https://t.me/dustlikznamya_uz
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari #sharh

Prezidentning “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga sharh

➖➖➖
Комментарий к Постановлению Президента «О мерах по образованию Навоийского государственного университета»

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Vengriyaning Debretsen universiteti bilan 2+1 qoʻshma taʻlim dasturi yoʻlga qoʻyiladi

🏛Navoiy davlat universiteti turli mamlakatlar bilan zamonaviy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va ularni mustahkamlash maqsadida tizimli ishlarni olib bormoqda.

🖊Xususan, joriy yilning avgust oyida Navoiy davlat universiteti va Debretsen universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʻra har ikkala tomon oʻrtasida taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy-amaliy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish hamda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish kabi muhim vazifalar oʻrin olgan.
Dunyoning top-500 talik reytingiga kiruvchi Debretsen universiteti Vengriyadagi eng qadimgi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Bugungi kunda universitetda qariyb 28,5 ming talaba tahsil oladi. Shundan 6 ming nafari xalqaro talabalardir. Oliygohda 2000 ga yaqin professor-o‘qituvchilar va 5000 ga yaqin akademik bo‘lmagan xodimlar faoliyat yuritadi. Universitetda Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat, atrof-muhitni boshqarish fakulteti, Stomatologiya, Iqtisodiyot va biznes, Tibbiyot, Informatika, Huquq, Musiqa, Farmatsevtika, Fan va texnologiya, Jamoat salomatligi fakulteti, Muhandislik, Bolalar va maxsus ehtiyojlar taʼlimi fakultetlari faoliyat olib bormoqda.

✏️Hamkorlik bitimiga asosan Navoiy davlat universiteti va Vengriyaning Debretsen universiteti oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda taʼkidlanganidek, maktabgacha taʼlim yoʻnalishi talabalarning 2+1 qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻqitilish yoʻlga qoʻyiladi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

Венгриянинг Дебрецен университети билан 2+1 қўшма таълим дастури йўлга қўйилади

🏛Навоий давлат университети турли мамлакатлар билан замонавий таълим соҳасидаги ҳамкорлик алоқаларини ўрнатиш ва уларни мустаҳкамлаш мақсадида тизимли ишларни олиб бормоқда.

🖊Хусусан, жорий йилнинг август ойида Навоий давлат университети ва Дебрецен университети ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди. Унга кўра ҳар иккала томон ўртасида таълим тизимини ривожлантириш, илмий-амалий лойиҳаларни ҳамкорликда амалга ошириш ҳамда кадрлар тайёрлаш ва малакасини ошириш каби муҳим вазифалар ўрин олган.
Дунёнинг топ-500 талик рейтингига кирувчи Дебрецен университети Венгриядаги энг қадимги олий таълим муассасаси ҳисобланади. Бугунги кунда университетда қарийб 28,5 минг талаба таҳсил олади. Шундан 6 минг нафари халқаро талабалардир. Олийгоҳда 2000 га яқин профессор-ўқитувчилар ва 5000 га яқин академик бўлмаган ходимлар фаолият юритади. Университетда Қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат, атроф-муҳитни бошқариш факультети, Стоматология, Иқтисодиёт ва бизнес, Тиббиёт, Информатика, Ҳуқуқ, Мусиқа, Фармацевтика, Фан ва технология, Жамоат саломатлиги факультети, Муҳандислик, Болалар ва махсус эҳтиёжлар таълими факультетлари фаолият олиб бормоқда.

✏️Ҳамкорлик битимига асосан Навоий давлат университети ва Венгриянинг Дебрецен университети ўртасида онлайн учрашув ташкил этилди. Учрашувда таъкидланганидек, мактабгача таълим йўналиши талабаларнинг 2+1 қўшма таълим дастури асосида ўқитилиш йўлга қўйилади.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🖥🖥🖥 | Prezidentimizning «Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga sharh

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

📹#ОАВ_БИЗ_ҲАҚИМИЗДА

🖥🖥🖥| Президентимизнинг «Навоий давлат университетини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарорига шарҳ

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oav_biz_haqimizda

Navoiy viloyati teleradiokompaniyasida “Kelajak yoshlari” teleloyihasi:
«Оliy ta'limda bir kun »

NavDU “Matematika-informatika” fakultetida talabalari Fotima Zuxra Namozovalar

@Navoiy_vtrk
Forwarded from Edu.uz
#yashil_kelajak #marafon

9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.

Katta tantana, ko‘tarinki shukuhda o‘tkazilgan marafon ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev, hududiy boshqarmalar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 1500 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida respublikamizning 14 hududidagi studiyalardan turib barcha kasbiy va oliy ta’lim muassasalari jamoalari onlayn qatnashdi.

“Ta’kidlash joizki, bugun ta’lim muassasalarida daraxt ekish marafoniga start berish tadbirining aynan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotganida ham chuqur ramziy ma’no bor. Chunki, Orol va Orolbo‘yi hududlarida ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, “Yashil makon”, “Yashil belbog‘” loyihalarini amalga oshirishga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada belgilangan vazifalar ijrosi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida har yili katta tashkilotchilik bilan to‘la-to‘kis bajarilib kelinmoqda.

Jumladan, 2024-yil kuz mavsumida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari tomonidan jami 407 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish reja qilingan", – dedi vazir Q.Sharipov o‘z nutqida.


Marafon doirasida Nukus shahridagi 8 gektar yer maydoniga ega “Ziyolilar bog‘i”da 3000 tup, respublikaning 14 ta hududidagi barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga ajratilgan yer maydonida qariyb 100 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 12 foizni tashkil etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#СМИ

Навоийский государственный университет запускает совместную образовательную программу с Дебреценским университетом

👉Подробнее: yuz.uz
#OAV

“Navoiy davlat universiteti va Vengriyaning Debretsen universiteti oʻrtasida 2+1 qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilmoqda” sarlavhali maqola Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sahifasida xabar qilindi.

👉Batafsil Uza.uz