Forwarded from Navoiy VTRK | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ассалом, янги кун!» НДУ катта ўқитувчиси Мухлиса Жумаева дастур меҳмони.
@Navoiy_trk
@Navoiy_trk
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#dayjest
🗣 Hududlarda “Kitob – mening do‘stim” respublika tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazilmoqda
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan e’lon qilingan “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.
↪️ Tanlovning Andijon viloyati hududiy bosqichiga Andijon davlat pedagogika instituti mezbonlik qildi. Viloyatdagi 7 ta oliy ta’lim muassasasi iqtidorli talabalari o‘zaro bellashgan shartlar yakuniga ko‘ra, Andijon davlat universiteti talabasi Risola Jamoldinova hududiy bosqich g‘olibiga aylandi.
↪️ Buxoro davlat pedagogika institutida viloyat oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida hududiy bosqich o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Buxoro davlat universiteti talabasi Mahliyo Xudoyberdiyeva g‘olib deb topildi.
↪️ Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichida Guliston davlat pedagogika instituti talabasi Muxlisa Abdushukurova respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
↪️ Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari Jizzax davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan hududiy bosqichda bellashdilar va mazkur universitet talabasi Anisa Qironboyeva g‘olib deb topildi.
↪️ Samarqand davlat universitetida tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi. Viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘zaro bellashuvlari yakuniga ko‘ra Samarqand davlat universiteti talabasi Marjona Tursunmurodova respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
↪️ Termiz davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan Surxondaryo viloyati hududiy bosqichida universitet talabasi Zebo Ergasheva 1-o‘rinni egalladi.
↪️ Qarshi davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi Saida Abdinazarova egalladi.
↪️ Navoiy davlat universitetida “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovi Navoiy viloyat bosqichi o‘tkazildi. Viloyat oliy taʼlim muassasalari talabalari qatnashgan bellashuvlarga ko‘ra, 1-o‘rin Navoiy davlat universiteti talabasi N.Ashurovaga nasib etdi.
↪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Kitob – mening do‘stim” respublika tanlovining hududiy bosqichi Qoraqalpoq davlat universitetida o‘tkazildi.
↪️ Namangan davlat universitetida o‘tkazilgan viloyat hududiy bosqichida universitet talabasi Akbarali Mexmonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Instagram | YouTube | Telegram
Bizni kuzating:
Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Navoiyliklar I Расмий канал
#Очиқ_мулоқот
Навоий давлат университетида “Раҳбар ва ёшлар” учрашуви ўтказилди. Унда Навоий вилояти ҳокими ўринбосари Жамшид Ходжаев талаба ёшлар билан очиқ мулоқот ўтказди.
Учрашувда вилоят ҳокими ўринбосари бугунги кунда ёшлар учун яратилган кенг имкониятлар ва имтиёзлар ҳақида, ўзининг талабалик дамлари, бугунга қадар олиб борган фаолияти юзасидан фикр-мулоҳазаларини билдирди.
Самимий учрашувда талабалар вилоят ёшлар алманахини ташкил этиш, Қорақалпоғистон Республикаси Мўйноқ туманига ёшлар фестивалини ўтказиш, вилоятда гранд лойиҳалар марказини барпо этиш, таълим ташкилотларидан ташқари бошқа корхона ва ташкилотларда талабалар амалиёти ва ҳамкорлигини йўлга қўйиш каби қатор таклифлар билдирди.
🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇
➥https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4
Навоий давлат университетида “Раҳбар ва ёшлар” учрашуви ўтказилди. Унда Навоий вилояти ҳокими ўринбосари Жамшид Ходжаев талаба ёшлар билан очиқ мулоқот ўтказди.
Учрашувда вилоят ҳокими ўринбосари бугунги кунда ёшлар учун яратилган кенг имкониятлар ва имтиёзлар ҳақида, ўзининг талабалик дамлари, бугунга қадар олиб борган фаолияти юзасидан фикр-мулоҳазаларини билдирди.
Самимий учрашувда талабалар вилоят ёшлар алманахини ташкил этиш, Қорақалпоғистон Республикаси Мўйноқ туманига ёшлар фестивалини ўтказиш, вилоятда гранд лойиҳалар марказини барпо этиш, таълим ташкилотларидан ташқари бошқа корхона ва ташкилотларда талабалар амалиёти ва ҳамкорлигини йўлга қўйиш каби қатор таклифлар билдирди.
🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇
➥https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4