Forwarded from Edu.uz
#Xalqaro_simpozium
Navoiyda “Alisher Navoiy va Sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Navoiy davlat universitetida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o‘rganish va Sharq uyg‘onish davri madaniyatini chuqur tadqiq etishga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy va sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi doirasida sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli anjumanda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning taniqli olimlari, adabiyotshunoslar, tarixchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, Navoiy ijodiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni yuzasidan qimmatli ma’ruzalar taqdim etdilar.
Sho‘ba yig‘ilishlarida, “Alisher Navoiy asarlarining zamonaviy talqini”, “Sharq renessansi madaniyati va ilm-fani”, “Navoiy ijodining jahon adabiyotiga ta’siri”, “Buyuk mutafakkir g‘oyalarining bugungi kundagi ahamiyati” singari dolzarb mavzular muhokama qilindi.
Tadbir davomida ilmiy ma’ruzalar tinglanib, yangi ilmiy izlanishlar natijalari taqdim etildi. Bu esa Alisher Navoiy merosini yanada chuqur o‘rganish va uni yosh avlodga yetkazishda muhim qadam bo‘ldi.
Yakunda esa konferensiya uchun ilmiy maqola va tezis yozgan ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Navoiy viloyati Kasbiy taʼlim boşqarmasi
#Xalqaro_simpozium
Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Alisher Navoiy va sharq renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilari uchun madaniy tadbir tashkil etildi.
Unda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, senatorlar, olimlar va mehmonlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyatimiz hamda Respublikadan kelgan san’atkorlar hazrat Navoiy asarlari asosida musiqiy chiqishlar, sahna koʻrinishlarini namoyish etishdi.
Shuning bilan “Alisher Navoiy va sharq renessansi” simpoziumi oʻz ishini yakunladi.

Forwarded from Navoiy VTRK | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Махсус репортаж».
@Navoiy_trk
@Navoiy_trk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | «Alisher Navoiy va sharq renessansi» IV xalqaro simpoziumi
#9feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Telegram
#9feb #uzbekiston24
mtrk.uz | Telegram