NDU_NSU_NGU
390 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.03K links
Download Telegram
Халқаро қушлар куни муносабати билан Навоий давлат университети боғида қушлар ини ўрнатилди

1 апрель – Халқаро қушлар куни муносабати билан Навоий давлат университети, Ўзбекистон Экологик партияси Навоий вилоят Кенгаши ҳамда “Юксалиш” ҳаракати Навоий вилоят бўлими ҳамкорлигида университетда махсус экотадбир ташкил этилди.

Бугунги кунда дунёда 10 000 дан ортиқ қуш тури мавжуд бўлиб, Ўзбекистонда эса 500 дан ортиқ қуш тури учрайди. Уларнинг аксарияти сув ҳавзалари, ўрмонзорлар ва очиқ далалар ҳудудида яшайди.

Тадбир давомида талабалар томонидан ясалган қуш инлари ва чизилган расмлар намойиш этилди. Бу ижодий ишлар орқали ёшларга табиатни севиш, уни асраш ва қушларга ғамхўрлик қилиш бўйича муҳим тарғибот ишлари олиб борилди.

Тадбир иштирокчилари эсдалик совғалари билан тақдирланди.

Telegram I Facebook I YouTube I Live
🫥#EKOAKSIYA

Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan Navoiy davlat universiteti bog’ida qushlar ini o‘rnatildi

🟢1-aprel – Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan Navoiy davlat universiteti, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamda “Yuksalish” harakati Navoiy viloyat bo‘limi hamkorligida universitetda maxsus ekotadbir tashkil etildi.

🟢Tadbirni Navoiy davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Muxiddin Kalonov ochib berib, qushlarning tabiatdagi ahamiyati, ularni asrashning dolzarbligi va atrof-muhit muhofazasidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
🐥Qushlar – tabiatning eng go‘zal va mo‘jizaviy jonzotlaridan biri bo‘lib, ular ekotizimning muvozanatini saqlashda katta rol o‘ynaydi. Xalqaro qushlar kuni butun dunyo bo‘ylab qushlarni asrash, ularning tabiiy yashash muhitini himoya qilish va biologik xilma-xillikni saqlash zarurligini yana bir bor yodga soladi.

🐦‍⬛️Bugungi kunda dunyoda 10 000 dan ortiq qush turi mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda esa 500 dan ortiq qush turi uchraydi. Ularning aksariyati suv havzalari, o‘rmonzorlar va ochiq dalalar hududida yashaydi.

🟢Tadbir davomida talabalar tomonidan yasalgan qush inlari va chizilgan rasmlar namoyish etildi. Bu ijodiy ishlar orqali yoshlarga tabiatni sevish, uni asrash va qushlarga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha muhim targ‘ibot ishlari olib borildi.

🟢Tadbir ishtirokchilari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM