NDU_NSU_NGU
382 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
#anjuman

Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda zamonaviy yondashuvlar, muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi


Navoiy davlat universitetida “Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda zamonaviy yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli anjuman O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida fanlararo yondashuvlarni keng joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va ilg’or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etildi.

Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar hamda ta’lim sohasidagi mutaxassislar ishtirok etdi.

Konferensiyada “Matematika va informatika ta’limida innovatsion yondashuvlar”, “Fizika va kimyo fanlarini o‘qitishda tajriba va vizual vositalardan foydalanish”, “Biologiya fanida ekologik ongni shakllantirishga qaratilgan metodikalar” kabi mavzularda ilmiy mulohazalar qilindi.
👍2
Prezidentimiz futbol boʻyicha 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa aʼzolariga tabrik yoʻlladi

“...Sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimizning butun turnir davomida bironta ham magʻlubiyatga uchramasdan, rekord natija koʻrsatib, jonajon Vatanimiz sharafini mardona himoya qilganlari, hech shubhasiz, milliy futbolimiz tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan shonli voqea, desak, toʻgʻri boʻladi.

Ayniqsa, finalda musobaqa mezboni – Saudiya Arabistoni kabi gʻoyat kuchli jamoaga qarshi keskin bellashuvda turli bosimlarga qaramasdan, oʻn bir oʻyinchiga qarshi toʻqqiz futbolchi shiddatli kurash olib borganingiz chinakam jasorat va matonat namunasi boʻldi. Sizlar namoyon etgan yuksak mardlik va mahorat har qanday tahsinga sazovordir.

Sizlar ushbu gʻalabadan ruhlanib, shu yil noyabr oyida Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ham Osiyoning gʻolib jamoasi sifatida munosib ishtirok etasiz, deb ishonaman.

Baxt va zafar sizlarga doimo yor boʻlsin, aziz farzandlarim”

, deyiladi davlat rahbarining tabrigida.
Ko‘p sonli talablarga muvofiq 5-may kuni bo‘lib o‘tadigan diagnostik (repetitsion) test ishtirokchilari uchun testni ishlash texnologiyalari bo‘yicha VEBINAR! 🎓

Hurmatli ishtirokchilar!

Sizni 5-may kuni, soat 17:00 dan 19:00 gacha Bilimlarni baholash agentligi tomonidan Zoom platformasi orqali tashkil etiladigan bepul vebinarga taklif etamiz!

🔍 Vebinar davomida quyidagi mavzular yoritiladi:
📘 Test topshiriqlarini to‘g‘ri yechish usullari
📝 Matn mazmunini tahlil qilish
💡 Malakali mutaxassislardan foydali maslahatlar va tushuntirishlar
📌 Vebinar ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlari repetitsion test ishtirokchilari uchun tashkil etiladi va qatnashish mutlaqo bepul!
👉 Bilimingizni mustahkamlash, testga tayyorgarlik darajangizni oshirish va professional maslahatlar olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📅 Sana: 5-may
🕓 Vaqt: 17:00 – 19:00
📲 Zoom havolasi va qo‘shimcha ma’lumotlar SMS xabarnomada yuboriladi.
👥 MOCK guruhi @mockbba
☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68.

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ЯПРОҚ АРМОНИ

Одамзот, кўзингни каттароқ очгин,
Уруш оловидан сақла дунёни.
Сен тирик жон бўлсанг эзгулик сочгин,
Ҳар қалбга олиб кир нурли зиёни.


Шеър муаллифи: Ўткир Раҳмат
Ижро этди: Лайло Умурзоқова

Шеърият ўзанимизга адабиёт муҳибларидан бир-биридан ажойиб муносабатлар, алоҳида тайёрланган роликлар келишда давом этмоқда. Юқоридаги лавҳани Навоий давлат университети ўқитувчиси Лайло Умурзоқова юборибди. Латиф ижро муаллифига ҳамда олийгоҳ жамоасига эътибор учун миннатдорлик билдирамиз!

#эфирда_шеър | @Otkir_Rahmat
👍1
НавДУ талабалари паловнинг турли кўринишларини тайёрлашди

Навоий давлат университетида талабаларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш, ёшлар ўртасида миллий қадриятларимизнинг кенг тараннум этилишини таъминлаш ва аҳамиятини ошириш, турли танлов, тадбирлар орқали янги-янги қобилиятларни кашф қилиш ҳамда улар учун муносиб шарт-шароитлар яратиш мақсадида ҳамда “Талабалар баҳори — 2025” лойиҳаси доирасида талабалар турар жойида ош чемпионати ташкил этилди.

Университетнинг барча факультетларидан талабалар 6 қозонда паловхонтўранинг самарқандча, бухороча ва бошқа турларини тайёрлашди.

Тадбир бадиий чиқишлар, қўшиқлар ва рақслар билан давом этиб, йиғилганларга хушкайфият ва илиқ таассурот тақдим этди.

🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇
➥https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4