NDU_NSU_NGU
381 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.02K links
Download Telegram
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🔠🔠🔠🔠

Mehnat yarmarkasida 217 nafar bitiruvhi ish bilan ta’minlandi

⚡️ Bugun Navoiy davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.  Yarmarkada 2000 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdi. Ularga 100 ga yaqin korxona, tashkilot, muassasa hamda tijorat banklari tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar yarmarka davomida o‘zlarini qiziqtirgan sohalar bo‘yicha ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, rezyumelarini topshirish, suhbatlardan o‘tish imkoniga ega bo‘lishdi.

🔥 Yarmarka yakunlariga ko‘ra, hozirdanoq 217 nafar bitiruvchi talabaga ishga qabul qilinish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

✔️ Tadbirda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov, shuningdek, hamkor tashkilotlar rahbarlari va soha mutasaddilari ishtirok etdilar.

🏆Joriy o‘quv yilida Navoiy davlat universitetini 5288 nafar talaba tamomlamoqda. Ulardan, 2480 nafari kunduzgi ta’lim, 187 nafari kechki ta’lim, 2223 nafari sirtqi ta’lim, 273 nafari ikkinchi oliy sirtqi ta’lim, 24 nafari ikkinchi oliy kechki ta’lim, 101 nafari magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilardir.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сми

Навоийский государственный университет и профессиональный и сельскохозяйственный университет Гуанси установили научно-практическое сотрудничество

👉https://yuz.uz/ru/news/

Bizni kuzating

telegram|instagram|youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ассалом, янги кун!».Навоий даслат универстетининг талабалари Камолиддин Қутлиев, Нарзуллаев Шамшод ҳамда Фармонова Бахоралар дастур меҳмони. @Navoiy_trk
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Диёр 24" Ёшлар иштирокида давра суҳбати ташкил этилди. @Navoiy_trk
“Талабалар баҳори – 2025” якуний гала-концерти — унутилмас оқшом!


Навоий шаҳридаги маданият ва истироҳат боғида Навоий давлат университети талабалари учун катта тантана – “Талабалар баҳори – 2025” лойиҳасининг якуний гала-концерти бўлиб ўтди.

Тадбирда 5000 нафардан ортиқ талаба-ёшлар иштирок этди. Концерт дастурида талабаларнинг ижодий чиқишлари, турли кўнгилочар саҳна кўринишлари, мусиқали перфоманслар, жонли ижродаги куй-қўшиқлар ва рақслар намойиш этилди.

Шунингдек, мазкур лойиҳа доирасида ўтказилган спорт мусобақалари, фан олимпиадалари ва маънавий-маърифий тадбирларда фаол қатнашган талабаларга университет ректори, профессор Мухиддин Калонов томонидан эсдалик совғалари ва пул мукофотлари топширилди.

Тадбирда иштирок этган санъаткорлар ва иқтидорли талабалари ижросидаги куй ва қўшиқлар эса байрамона муҳитни янада бойитди. Кечанинг энг ҳаяжонли онлари эса – мушакбозлик шоуси бўлди. Ранг-баранг ёритқичлар осмонни безар экан, талабалар юзида табассум, қалбида фахр ва шукроналик туйғулари порлади.

🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇
➥https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4
“Talabalar bahori – 2025” yakuniy gala-konserti — unutilmas oqshom!


🏆 Navoiy shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida Navoiy davlat universiteti talabalari uchun katta tantana – “Talabalar bahori – 2025” loyihasining yakuniy gala-konserti bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda 5000 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Konsert dasturida talabalarning ijodiy chiqishlari, turli ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari, musiqali perfomanslar, jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi.

🔸 Shuningdek, mazkur loyiha doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari, fan olimpiadalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashgan talabalarga universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov tomonidan esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.

🔥Tadbirda ishtirok etgan san’atkorlar va iqtidorli talabalari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar esa bayramona muhitni yanada boyitdi.