NDU_NSU_NGU
381 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟦🟦🟩🟩

🗣 Har yili 21-may sanasi “O‘zbekistonda kutubxonachilar kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu dayjestda Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan tadbirlar haqida ma’lumot beramiz.

🔹O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda kutubxonachilarning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔹Qoraqalpoq davlat universiteti Axborot-resurs markazida fidokorona xizmat qilib kelayotgan barcha xodimlar oliygoh rahbariyati tomonidan e’tirof etildi.

🔹Buxoro davlat pedagogika instituti rektori boshchiligida oliygohda kitob yarmarkasi tashkil etildi.

🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Axborot-resurs markazida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

🔹Navoiy davlat universiteti Axborot-rusurs markazida Kutubxonachilar kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faol talabalari tashabbusi bilan O‘tkir Hoshimov asari asosida kitobxonlik viktorinasi tashkil etildi.

🔹Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun nutq madaniyati va kitobxonlik orqali shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

🔹Toshkent farmatsevtika institutida “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan 1000 ga yaqin kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

🔹Qo‘qon universitetida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Navoiy viloyatida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Navoiy viloyati prokurori Abduqahhor Mullajanov hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azat Tasbayev Navoiy davlat universiteti talabalarining yashash sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar olib bordi.

Bizni kuzating

🚀telegram|📷instagram|🎬youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔#SOʻNGGI_QOʻNGʻIROQ

Bugun Navoiy shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Maktab bitiruvchilari yelkasiga lenta taqib, qo‘llarida guldasta bilan hayajon va quvonchga to‘lib, o‘zlarining hayotidagi muhim bosqich — maktab hayoti bilan xayrlashdilar.

Tantanali tadbirda Navoiy viloyati va shahar hokimi o‘rinbosari Sadulla Mirzayev, Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari Azimjon Yorqulov, Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonovlar ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigini yetkazdilar va o‘zlarining eng samimiy tilaklarini izhor etdilar.

Tadbir davomida maktab kutubxonasiga 50 ga yaqin badiiy va ilmiy kitoblar sovg’a qilindi. Shu bilan birga, maktabning faol o‘quvchilariga sertifikat, tashakkurnomalar taqdim etildi.

Shu fursatdan foydalanib, barcha maktab bitiruvchilariga kelgusi hayot yo‘llarida omad, sabr, qat’iyat va yuksak marralarni tilaymiz!

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🔤🔤🔤🔤🔤

📌 Eng faol axborot xizmati kim?soʻrovnomasi davom etmoqda!

🏆Final bosqichi 24-may 11:30 dan 27-may 23:59 gacha davom etadi

G‘olib oliygoh matbuot kotibini nimalar kutmoqda? 🥇“Eng faol matbuot xizmatiga” statuetkasi hamda 7 mln vaucher tashakkurnoma, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, g'oliblik oliygohning obro'si va jamoatchilik bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🎉Diqqat, diqqat! G'oliblarni taqdirlash marosimi 27-iyun - MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI barcha oliygohlar matbuot kotiblari bilan birgalikda o'tkaziladi! Bu unutilmas tadbirga barchangizni taklif etamiz!

⚠️Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz.

🔊🔊 Ovoz berish!

🌐Yaqinlarga ulashing⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM