NDU_NSU_NGU
381 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
🔔#SOʻNGGI_QOʻNGʻIROQ

Bugun Navoiy shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Maktab bitiruvchilari yelkasiga lenta taqib, qo‘llarida guldasta bilan hayajon va quvonchga to‘lib, o‘zlarining hayotidagi muhim bosqich — maktab hayoti bilan xayrlashdilar.

Tantanali tadbirda Navoiy viloyati va shahar hokimi o‘rinbosari Sadulla Mirzayev, Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari Azimjon Yorqulov, Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonovlar ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigini yetkazdilar va o‘zlarining eng samimiy tilaklarini izhor etdilar.

Tadbir davomida maktab kutubxonasiga 50 ga yaqin badiiy va ilmiy kitoblar sovg’a qilindi. Shu bilan birga, maktabning faol o‘quvchilariga sertifikat, tashakkurnomalar taqdim etildi.

Shu fursatdan foydalanib, barcha maktab bitiruvchilariga kelgusi hayot yo‘llarida omad, sabr, qat’iyat va yuksak marralarni tilaymiz!

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🔤🔤🔤🔤🔤

📌 Eng faol axborot xizmati kim?soʻrovnomasi davom etmoqda!

🏆Final bosqichi 24-may 11:30 dan 27-may 23:59 gacha davom etadi

G‘olib oliygoh matbuot kotibini nimalar kutmoqda? 🥇“Eng faol matbuot xizmatiga” statuetkasi hamda 7 mln vaucher tashakkurnoma, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, g'oliblik oliygohning obro'si va jamoatchilik bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🎉Diqqat, diqqat! G'oliblarni taqdirlash marosimi 27-iyun - MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI barcha oliygohlar matbuot kotiblari bilan birgalikda o'tkaziladi! Bu unutilmas tadbirga barchangizni taklif etamiz!

⚠️Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz.

🔊🔊 Ovoz berish!

🌐Yaqinlarga ulashing⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#dayjest #maktab

Oliy taʼlim muassasalari rahbariyati maktablarda o‘tkazilayotgan bitiruv kechalariga tashrif buyurib, yosh avlod bilan uchrashmoqda.

😄Navoiy davlat universiteti;

😄TTA Termiz filiali;

😄Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

😄Namangan davlat pedagogika instituti;

😄Jizzax politexnika instituti;

😄Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;

😄Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

😄Andijon davlat universiteti;

😄O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

😄Urganch davlat universiteti;

😄Guliston davlat universiteti;

😄Namangan davlat texnika universiteti;

😄Toshkent davlat texnika universiteti;

😄Qorqalpoq davlat universiteti;

😄Toshkent davlat agrar universiteti;

😄Buxoro davlat tibbiyot instituti;

😄Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

😄Termiz davlat pedagogika instituti;

😄Buxoro davlat universiteti;

😄Buxoro davlat pedagogika instituti;


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🟦🟦

Taʼlim tizimidagi xalqaro hamkorlik kengaymoqda


Davlatimiz rahbarining Vengriyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi hamda oliy darajadagi muzokaralar, erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlar nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishda, balki Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

😀Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/

Bizni kuzating

🚀telegram|📷instagram|🎬youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 ✏️✏️✏️

❓Кимлар қачон ва қандай қон таҳлиллари топшириши керак?

🌡 Қон – инсон организмидаги энг муҳим суюқ тўқима бўлиб, унинг асосий қисмини кичик қон таначалари ташкил этади.


🤧 Айнан ушбу элементларнинг сони, шакли ва функциясига кўра, танадаги турли яллиғланишлар, анемия, онкологик касалликлар, иммун тизими ва тромбоз каби патологик ўзгаришлар ҳақида барвақт маълумот олиш мумкин.

💬 — Қон таҳлиллари топшириш – ҳар бир инсон учун ўз саломатлигини баҳолаш ва назорат қилишда муҳим жараён ҳисобланади, — дейди Тошкент шаҳар тиббий маслаҳат диагностика маркази директори, тиббиёт фанлари доктори, профессор Орифжон Арипов.

🔎 — Жумладан, бундай текширув усуллари юқумли ва сурункали касалликлар, инфекциялар (масалан, вируслар ёки бактериялар), диабет, гепатит ҳамда ОИВ каби хавфли хасталикларни эрта босқичда аниқлаш имконини беради.

🩺 Буйрак, жигар, юрак ва қалқонсимон без каби аъзолар фаолиятини текшириш, темир, B12, D каби витамин ҳамда бошқа муҳим моддалар миқдорини билиш ҳам айнан ушбу таҳлиллар ёрдамида қулай амалга оширилади. Қолаверса, бундай текширувлар орқали қон босими, қанд миқдори ва холестеринни назорат қилиш, юрак-қон томир касалликлари хавфини эрта аниқлаш ҳамда уларнинг олдини олиш мумкин.

💊 Шунингдек, лаборатор қон таҳлиллари дори воситалари самарадорлигини баҳолаш ва уларнинг организмга таъсирини кузатишда ҳам жуда муҳим.

👩‍⚕️ Шу боис шифокор кўрсатмаси билан бирламчи тиббиёт муассасалари орқали қон таҳлиллари топшириш зарур. Бунда Соғлиқни сақлаш вазирлигининг даволаш протоколлари асосидаги лаборатор текширувлар тавсия этилади.

📌 Жумладан:

🔢Соғлом инсонлар (профилактика мақсадида):

✅ Йилда 1 марта қуйидаги асосий қон текширувларидан ўтиши керак:

➡️ умумий қон таҳлили (УҚТ – умумий қон таҳлили);
➡️ қон биохимияси (жигар, буйрак, қанд, холестерин ва ҳ.к.);
➡️ қонда қанд миқдори (глюкоза);
➡️ холестерин ва липид профили;
➡️ қонда темир миқдори ва гемоглобин;
➡️ Д ва B12 витамини (агар симптомлар бўлса).

🔢Сурункали касаллиги бор инсонлар (масалан, диабет, гипертония, юрак хасталиклари):

✅ Йилда 2 – 4 марта ёки шифокор тавсиясига кўра, қон таҳлиллари топшириши лозим.

🔢Ҳомиладор аёллар:

🤰Ҳомиладорлик даврида таҳлиллар шифокор тавсияси билан ҳар 3 ойда камида 1 марта, баъзан ҳар ойда топширилади.

🔢Ёши катта инсонлар (50 ёшдан юқори):

✅ Йилда 1–2 марта тўлиқ лаборатор текширувлардан ўтиши керак. Сабаби инсоннинг ёши улғайгани сари хавф омиллари ҳам ортиб боради.

🔢Алоҳида симптомлар пайдо бўлса:

✅ Қуйидаги ҳолатларда дарҳол қон таҳлиллари топшириш тавсия этилади:

➡️ чарчоқ, кўнгил айниши, тўсатдан озиб кетиш;
➡️ тери оқариши ёки сарғайиши;
➡️ иштаҳа йўқолиши;
➡️ ҳарорат кўтарилиши;
➡️ нотекис юрак уриши ёки нафас қисиши.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

📱 @ssvuz  |📱 @ssvmatbuotkotibi | 📱 Facebook |📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#dayjest #seminar
#20.05.2025–28.05.2025

Oliy ta’lim muassasalarida respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy seminar va treninglar tashkil etilmoqda.


➖Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

➖Qarshi davlat texnika universiteti;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali;

➖Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

➖Namangan davlat chet tillari instituti;

➖Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➖Namangan davlat pedagogika instituti;

➖Farg‘ona davlat texnika universiteti;

➖SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali;

➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

➖Buxoro davlat universiteti;

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➖Guliston davlat universiteti;

➖Toshkent xalqaro universiteti;

➖TDIU Samarqand filiali;

➖Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

➖Andijon davlat universiteti;

➖Toshkent davlat texnika universiteti;

➖Navoiy davlat universiteti;

➖Namangan davlat universiteti;

➖Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

➖Andijon davlat chet tillari instituti;

➖ Toshkent farmatsevtika instituti;

➖Osiyo xalqaro universiteti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ассалом, Янги кун» | Навоий давлат университети Аниқ фанлар факултети Физика-астрономия кафедраси таянч докторанти Фируза Набиева билан суҳбат
@Navoiy_teleradiokanali