NDU_NSU_NGU
381 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🔵🔵🔵🔵

🗣“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida talaba-yoshlar sayohatlari tashkil qilindi.

☑️Talabalarni mamlakatimizning tarixiy, madaniy va tabiiy obidalari bilan yaqindan tanishtirish – ularning ongida milliy g‘urur, madaniy merosga hurmat, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga maqsadida oliy ta’lim taashkilotlari tomonidan turizm sayohatlari tashkil qilindi. Bugungi dayjestda ushbu sayohatlar bilan tanishtirib o‘tamiz:

➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faol talabalari katta jamoa bilan bo‘lib, “camping” sayohatini uyushtirib, o’zgacha piknik, jamoaviy o’yinlar hamda “team building”lar tashkil qilishdi.

➡️Buxoro davlat universiteti faol talaba yoshlari “Orol dengiziga ekologik poyezd” aksiyasida ishtirok etmoqda!

➡️“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabalari qadimiy va boqiy Buxoro va Xiva shaharlariga tashrif buyurishdi.

➡️Samarqand davlat universiteti talabalari “Samarqand – Navoiy – Nurota – Aydarkol –Samarqand” yo‘nalishlari bo‘ylab malakaviy amaliyotini o‘tashmoqda.

➡️ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talaba-yoshlari Rishton, Yangiqo‘rg‘on va Chust tumanlarining tarixiy merosi hamda turizm imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

➡️Andijon davlat chet tillari instituti talabalari Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan “Mavlono Lutfulloh maqbarasi” ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.

➡️Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari Qoraqalpog‘istondagi “Shayx Shibiliy” ziyoratgohi va “Jambasqal’a” tarixiy maskanlariga tashrif buyurishdi.

➡️Toshkent kimyo-texnologiya institutining professor-o‘qituvchilari va xodimlari Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat qilib, tabiat qo‘ynida mazmunli xordiq chiqarishdi.

➡️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari Buxoro shahri bo‘ylab sayohat qildilar.

➡️SamDU Urgut filialida ichki turizmni rivojlantirish, Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlar bilan talabalar tanishtirish maqsadida poytaxt bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

➡️Navoiy davlat universiteti xotin-qiz professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va talaba-qizlari Buxoro viloyati bo‘ylab sayohat qildi.

➡️Qo‘qon universiteti talabalari Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash maqsadida tashrif buyurishdi.

➡️TATU Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida Toshkent shahriga sayohat qilishdi.

➡️Toshkent davlat tibbiyot universitetining professor-o‘qituvchilari, fidokor xodimlari hamda bilimga chanqoq talaba-yoshlari qadim Buxoro shahriga maroqli sayohat uyushtirishdi.

➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti xodimlari va talabalarining ichki turizm doirasida Buxoro shahriga sayohati tashkil etildi.


‼️Talabalar o‘rtasida ekskursiyalar tashkil etish nafaqat ta’limiy jarayonning muhim qismi, balki ichki turizmni rivojlantirish yo‘lidagi samarali vosita hisoblanadi. Bunday tashabbuslar orqali yoshlar o‘z yurtini chuqurroq anglaydi, tarixiy xotiraga ega bo‘ladi va turizm sohasiga qiziqish ortadi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube |🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Navoiy kundaligi
#Maʼrifat_karvoni
#Navoiy

🇺🇿“Ma’rifat karvoni” loyihasi doirasida ilmiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Tamaddun, madaniyat, ma’rifat” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni”ni o‘tkazish uchun ziyolilar guruhi vakillari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Bobur Bobomurod hamda falsafa fanlari doktori, dotsent, shoira Shahlo Axrorova Navoiy davlat universitetida bo‘ldilar.

Talaba-yoshlar ishtirokida bo‘lgan ilmiy-ma’rifiy ushrashuvda ijodkorlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan va ma’rifatga asoslangan jamiyat barpo etish borasidagi yondashuvlar yuzasidan fikr-mulohaza yuritdilar.

Jarayon davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan go‘zal she’rlar aytildi.

Mazkur tadbir yoshlarda Vatanga sadoqat, bilimga intilish, tarixiy merosni qadrlash va yangi yutuqlar sari intilishni kuchaytirishga xizmat qiladi.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Диёр 24» | Вилоят прокуратураси ва олий таълим муассасалари ўртасида меморандум имзоланди
@Navoiy_teleradiokanali
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#podkast

Qiz bola nega oliy taʼlimda o‘qishi kerak?


Qiz farzand – unga qilingan sarmoyani o‘n baravar qilib qaytara oladigan, hatto o‘n nafar o‘g‘ilning o‘rnini bosa oladigan salohiyatga ega bo‘lishi mumkin. (video)


Navoiy davlat universitetining “Sizningcha” podkast loyihasi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu havola orqali 1-sonni tomosha qilishingiz mumkin.

👉https://youtu.be/aXztO2Nn1YU

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
🕓🕔🕕🕖🕗🟦🟦

📰☄️“Bugungi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yil 30-may, 10-sonida Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonovning “O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan oliy darajadagi tashrif” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriyaga amalga oshirgan tashrifi, ikki mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklikning yangi davri va unda imzolangan ikki tomonlama shartnomalarning mazmun-mohiyati haqida fikrlar bayon etilgan.


🌐Maqolani o‘qish

📰pdf shaklida gazetani o‘qish

Navoiy davlat universiteti
PR va media markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Videoyoʻriqnoma

Bugundan oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlandi

📹Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan tanishing (video)

Eslatma: Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️💙❤️❤️❤️❤️❤️🟦🟦

📰“Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalarining 2025-yil 5-iyundagi 22-soni bilan tanishishingiz mumkin.

✍️Gazetaning yangi nashrida Navoiy davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, xususan Maktabgacha kafedrasi mudiri R.Davlatova tomonidan “Xalqaro integratsiyaga amaliy qadam” nomli hamda T.Soliyevning “Olimlikning mashaqqatli va sharafli hayot yo‘li” sarlavhali maqolalari chop etildi.

😀PDF shaklida yuklab olish

Bizni kuzating

Bizni kuzating
🚀telegram|🌐instagram
📹youtube |🔍veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90kun #Turizm #Yoshlar #Memorandum

Talaba yoshlar turizm festivali Samarqand va Navoiyni birlashtirmoqda

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy davlat universiteti hamda Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Navoiyga sayohat karvoni: yoshlar turizm festivali, etnosport va interaktiv o‘yinlar” mavzusida talaba yoshlar turizm festivali tashkil etildi.

Tadbir doirasida dastlab ilmiy seminar tashkil etilib, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy viloyatining Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarining turistik salohiyatini oshirish boʻyicha qilingan amaliy ishlar taqdimot qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida ikki oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, etnosport oʻyinlari, futbol musobaqasi, interaktiv va intellektual oʻyinlar oʻtkazildi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Navoiy davlat universitetlari oʻrtasida yoshlar memorandumi imzolanib, oliygohlarda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari, intellektual loyihalarda hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram